O‘RTA OSIYODAGI ENG YIRIK AGRAR UNIVERSITETIDA YAQIN KELAJAKDA QANDAY O‘ZGARISHLAR BO‘LISHI KUTILMOQDA?

O‘RTA OSIYODAGI ENG YIRIK AGRAR UNIVERSITETIDA YAQIN KELAJAKDA QANDAY O‘ZGARISHLAR BO‘LISHI KUTILMOQDA?


Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarni zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga ega, talab yuqori bo‘lgan malakali mutaxassislar qilib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Agrar sektor uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha bir qator oliy ta’lim muassasalari shug‘ullanadi, shu jumladan, Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU) ular orasida yetakchidir. 

O‘quv yili boshida TDAUga yangi rektor, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev tayinlandi. Unga Agrar universitet bilan bog‘liq barcha masalalar, jumladan, o‘quv jarayonlarini takomillashtirish vazifasi yuklatildi. 2021-yil 23-oktabrda bo‘lib o‘tgan maxsus taqdimot-uchrashuvida  Jamshid Xodjayev  ishchi guruhi mutaxassislari ishtirokida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha universitetda mavjud muammolarning tahliliy natijalari, kutilayotgan o‘zgarishlar va yangiliklar  bilan  universitet talabalari va professor-o‘qituvchilarni tanishtirib o‘tdi.

Shuningdek, ushbu uchrashuv doirasida hozirda 2000 ga yaqin talaba istiqomat qilayotgan TDAUning 5 ta yotoqxonasi uchun avtomatik kiryuvish mashinalari, gaz plitalari, ikkita kamerali sovutkichlar, choyshab, yostiqjildlar, jihozlar va kundalik hayotda asqаtadigan boshqa buyumlar bevosita talabalarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda topshirildi.  


12 TA YANGILIK VA TDAUDAGI BOSHQA O'ZGARISHLAR: RAQAMLAR VA DALILLARDA

Bugungi kunda qariyb 11 ming talaba tahsil olayotgan Markaziy Osiyoning eng yirik agrar universiteti – TDAU hududi taxminan 30 gektar maydonni qamrab oladi. Bu yerda 20 ta bino va inshootlar joylashgan bo‘lib, ularning orasida 8 ta yotoqxona (5 ta amaldagi va 3 ta foydalanishdan chiqqan), o‘quv, laboratoriya va ma’muriyat binolari, oshxona hamda yirik sport majmuasi mavjud.

·     Joriy yilning oktyabr boshidan boshlab, TDAUdagi o‘quv-ta’lim, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy jarayonlarni takomillashtirish masalalariga mahalliy va xorijiy ekspertlar taklif etilgan bo‘lib, joriy vaziyatni o‘rganish va ta’limning barcha jarayonlarini to‘liq optimallashtirish ularga  vazifa sifatida yuklatilgan.

·      Mutaxassislar tomonidan sohani rivojlantirish yuzasidan talabalarning amaliyotlarini yetakchi agrokorxonalarda va ilmiy-tadqiqot markazlarida o‘tash tizimi yo‘lga qo‘yiladi, talabalar va o‘qituvchilarning xorijda malaka oshirishiga, shuningdek, pedagoglarning malakasini tizimli oshirib borishiga hamda ta’lim sohasida zamonaviy yondashuvlarni rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Universitetning o‘zini o‘zi boshqarish va o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tiladi, ta’lim sifatini tekshirish tizimini rivojlantirish, universitet boshqaruvini avtomatlashtirish hamda uning raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha aniq strategiyalar ishlab chiqiladi.

·     Professor-o‘qituvchilarning ishga, talabalarning o‘qishga kelib-ketish tizimi to‘liq nazoratga olinadi, yil yakuniga qadar 6 dona “FACE CONTROL” uskunalari va auditoriyalarga kuzatuv kameralario‘rnatilishi rejalashtirilgan.

·     Yirik agroklasterlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarbilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ular dastlabki bosqichda 4 ta dolzarb mavzubo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etishadi.

·     Vazirlik tizimidagi 5 ta oliy ta’lim muassasalari, 13 ta ilmiy-tadqiqot institutlari hamda 18 ta texnikumlarning o‘quv va ilmiy adabiyotlarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi yagona elektron ma’lumotlar bazasigabirlashtirish bo‘yicha “Axborot-resurs markazi”ning loyihasi ishlab chiqiladi.

·     O‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etish maqsadida 5 ta ma’ruza zallarigainteraktiv elektron minbarlar, zamonaviy LED-monitorlarva boshqa texnologik uskunalaro‘rnatiladi.

·     Oliygoh binolaridagi 52 ta o‘quv va 3 ta ilmiy laboratoriyalar holati texnik ekspertlar tomonidan tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, Jahon banki va Yevropa Ittifoqi hamkorligi doirasida amalga oshiriladigan qiymati 2,0 mln AQSh dollariga teng “markazlashgan modul laboratoriyalar” loyihasi amaliyotga tatbiq etish uchun tayyorlanmoqda. Mazkur laboratoriyalar professor-o‘qituvchilar va talabalarning o‘quv jarayoni chog‘ida foydalanishi hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlarga amaliy xizmat ko‘rsatishiuchun mo‘ljallangan.

·     Joriy yil yakuniga qadar qiymati 2,6 mln dollarga teng bo‘lgan “Ekofiziologik tadqiqotlar” ilmiy laboratoriyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar 2,0 mln dollarga teng bo‘lgan laboratoriya jihozlari olib kelindi.

·     Infratuzilma va kommunal sharoitlarni yaxshilash borasida TDAUning o‘quv, ma’muriyat binolari hamda talabalar turar joylarini uzluksiz isitish va issiq suvni ta’minlash uchun 7 ta zamonaviy qozonxona va 4 ta yer ostidan suv chiqarish inshootini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, tegishli ekspertizadan o‘tkazildi va qurilish ishlarini boshlashga faol ravishda tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

·     Yaqin kunlarda, tender-xarid jarayonlari yakunlangach, TDAUning mavjud 5 ta talabalar turar joylariningtom qismini ta’mirlash, 8 ta lift o‘rnatish  ishlari boshlanadi va o‘z nihoyasiga yetkaziladi.

·     Turar joylarga ehtiyoji bo‘lgan talabalar sonining yildan-yilga ortishini inobatga olgan holda yil oxiriga qadar 200 dona ikki yarusli karavotlarni xarid qilish hisobiga qo‘shimcha 400 o‘rinni yaratish rejalashtirilgan.

·     2022-yil sentyabr oyiga qadar foydalanishdan chiqqan binolar o‘rnida 800 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy 2 ta talabalar turar joylariniqurish ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash kerakki, ilm maskani tashkil etilganiga qariyb 90 yilga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar uning balansida bo‘lgan yer uchastkalari va mol-mulklariga nisbatan huquqlar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. Tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Toshkent davlat agrar universiteti va uning huzuridagi “Axborot-maslahat markazi” DUK tomonidan bugungi kunda foydalanib kelinayotgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarni belgilashni nazarda tutuvchi Hukumatning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.

“Bular faqat yaqin kelajakdagina TDAUni kutayotgan dastlabki o‘zgarishlar xolos, – dedi qishloq xo‘jaligi vaziri va TDAU rektori Jamshid Xodjaev.– Oliygoh rahbariyati va bizning rivojlantirish bo‘yicha jalb qilgan mutaxassislarimiz boshlangan islohotlar va yangiliklar talabalar hamda pedagoglarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirishiga, va albatta, ta’lim sifati darajasiga o‘z ta’sirini o‘tkazishiga  ishonamiz. Bularning barchasi ilm-fan va texnologiyalar asosida, yer va suv resurslaridan oqilona hamda samarali foydalangan holda qishloq xo‘jaligini shiddatli ravishda rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan agrar sohaning yangi mutaxassislari paydo bo‘lishi uchun asos bo‘lishi darkor. Bu bugunning o‘zidayoq istiqbolli agrar sektorni rivojlantirish va aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun haqiqatan ham muhim va kerakli bo‘lgan masaladir”.







Report Page