O‘RQ-785-son Qonuni bilan Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar yuzasidan

O‘RQ-785-son Qonuni bilan Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar yuzasidan

MoliyaPress
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari uchun imtiyozlar muddati uzaytiriladi

Imtiyoz qaysi davrlarda amal qiladi?

Amaldagi imtiyozlar 2023-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi (05.05.2018 yildagi PQ-3693-son qaror 9-b.) va Soliq kodeksiga asosan imtiyozlar yana 3 yilga, 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi (SK 483-m.).

Qanday korxonalar soliqlardan ozod qilinadi?

Quyidagi korxonalar:

·       avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan chorva mollarini so‘yish bo‘yicha korxonalar

·       charm, mo‘yna, qorako‘l xom ashyosi va junni yig‘ish va tayyorlashdan tushgan tushumning ulushi jami daromadning umumiy hajmida hisobot (soliq) davri natijalari bo‘yicha kamida 80%ni tashkil qilgan korxonalar

quyidagilardan tushgan tushumning ulushi jami daromadning umumiy hajmida hisobot (soliq) davri natijalari bo‘yicha kamida 60%ni tashkil qilgan korxonalar:

·       charm, mo‘yna, qorako‘l xom ashyosi va junni qayta ishlash

·       butlovchi buyumlar, furnitura, aksessuarlar, poyabzal qoliplari, poyabzal tagliklari, ustki qismlari, jelatin, sun'iy charm, poyabzal, charm-attorlik, mo‘ynachilik, qorako‘l mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlar.

Ushbu korxonalar qanday soliqlardan ozod qilinadi?

Ko‘rsatilgan korxonalar quyidagilarni to‘lashdan ozod qilinadi:

foyda solig‘i

Foyda solig‘i stavkasi - 15%.

Ko‘rsatilgan korxonalar byudjetga foydadan 15% to‘lamaydi, u to‘liq ularning ixtiyorida qoladi.

aylanmadan olinadigan soliq

Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi - 4%.

Ko‘rsatilgan korxonalar jami daromadning 4%ini byudjetga to‘laydi. Barcha olingan daromadlar korxonalar ixtiyorida qoladi.

mol-mulk solig‘i

Yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi - 1,5%.

Shuni e'tiborga olish joizki, 2022-yil avgustdan boshlab barcha xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar SKning 483-moddasiga binoan mol-mulk solig‘idan ozod qilingan va O‘zbekiston Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan hisoblangan soliq summasining 1%ini byudjetga to‘laydi (SK 75-m.).

yer solig‘i

Quyidagi korxonalar yer solig‘idan ozod qilingan:

chorva mollarini so‘yish bo‘yicha avtomatlashtirilgan majmualarga ega korxonalar

yirik shoxli mollar terisini qayta ishlash va undan charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar

Ushbu korxonalar uchun imtiyoz 3 yilga uzaytiriladi.

Bunda joriy yilning avgustidan boshlab ko‘rsatilgan korxonalar yer solig‘ini hisoblangan soliq summasining 1% miqdorida to‘laydi (SK 75-m.). 

Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari uchun ijtimoiy soliq 1%gacha pasaytiriladi

Imtiyozning mohiyati - soliq stavkasi 12%dan 1%gacha pasaytiriladi.

Imtiyoz qanday davr davomida amal qiladi?

Imtiyoz 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi (26.02.2022 yildagi PQ-143-son qaror 6-b., SK 483-m.).

Qanday korxonalar ijtimoiy soliqni pasaytirish bo‘yicha imtiyozni qo‘llashga haqli?

• bolalar, ayollar va sport poyabzallari, sun'iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari va tagliklari ishlab chiqarishdan tushgan tushumning ulushi - jami daromadning kamida 60%ini tashkil etgan;

• poyabzallar, charm-attorlik mahsulotlari va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar eksportidan tushgan tushum jami daromadning kamida 80%ni tashkil etgan korxonalar.

Tibbiyot buyumlarini olib kirish QQSdan ozod qilinadi

Imtiyozning amal qilish muddati?

Imtiyoz 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi (11.04.2022 yildagi PF-102-son Farmon 3-b., SK 483-m.).

Qanday buyumlar O‘zbekiston hududiga olib kirishda QQSdan (15%) ozod qilinadi?

• tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlari

• tibbiyot maqsadlari uchun sarflash materiallari

Olib kirish QQSdan ozod qilinadigan tibbiyot buyumlarining ro‘yxati o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladi.  

Qishloq joylarda xotin-qizlar mehnatiga haq to‘lash fondiga ijtimoiy soliq pasaytiriladi

Imtiyozning mohiyati - ijtimoiy soliq stavkasi 12%dan 1%gacha pasaytiriladi.

Imtiyoz qanday davr mobaynida amal qiladi?

Imtiyoz 2022-yil 1-sentyabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi (07.03.2022 yildagi PF-87-son Farmon 9-b., SK 483-m.). 

Qanday korxonalar imtiyozni qo‘llashga haqli?

Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan kichik biznes korxonalari:

• mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarining reestriga kiritilgan hudularda faoliyatni amalga oshiruvchi

• umumiy xodimlari soni kamida 10 nafar bo‘lgan

• ularda ishlovchi xotin-qizlarning mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50%ini tashkil etadigan  

Imtiyoz qanday ishlaydi?

Yuqorida ko‘rsatilgan shartlarga javob beruvchi korxonalar korxonada ishlovchi xotin-qizlar mehnatiga haq to‘lash fondiga ijtimoiy soliqni 1%lik stavkada to‘laydi.

Masalan, aholi zich joylashgan xodimlari soni 15 nafar bo‘lgan qishloq joyida joylashgan korxona oy uchun 50 mln so‘m miqdorida ish haqi hisobladi, shu jumladan 30 mln so‘m xotin-qizlarning ish haqi.

Imtiyoz joriy etilgunga qadar korxona ijtimoiy soliqni 12% stavka bo‘yicha hisoblaydi. Soliq summasi 6 mln so‘mni (50 x 12%) tashkil etadi.

Sentabrda xuddi shunday miqdordagi ish haqida korxona xotin-qizlarning 30 mln so‘m ish haqidan ijtimoiy soliqni 1% stavka bo‘yicha, qolgan 20 mln so‘m (50-30) summadan - 12% stavka bo‘yicha hisoblaydi.

Ijtimoiy soliq summasi 2,7 mln so‘mni (30 x 1% + 20 x 12%) tashkil etadi. Korxona ijtimoiy soliqda 3,3 mln so‘mni (6-2,7) tejaydi.

Mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasi 10%gacha pasaytirildi

2021-yilda mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasi 15% bo‘lgan.

2022-yil 1-yanvardan boshlab stavka 10%gacha pasaytirildi (27.01.2022 yildagi PQ-104-son qaror 2-b., SK 2893-m.). 

Qishloq joylarda antenna-machta konstruktsiyalari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilinadi

Imtiyoz qaysi paytdan amal qiladi?

Mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilish 2022-yil 1-apreldan amal qiladi (27.01.2022 yildagi PQ-104-son qaror 2-b., SK 414, 428-m.).

Imtiyozlar qanday konstruktsiyalarga tatbiq etiladi?

Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz qishloq joylarda (bundan shaharlar va tumanlar markazlari mustasno) joylashgan antenna-machta metallkonstruktsiyalari, jumladan ularga o‘rnatilgan va ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruktsiyalarga tatbiq etiladi.

Yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz bunday konstruktsiyalar egallagan yer uchastkalariga tatbiq etiladi.

O‘zbekistonning tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan XMI va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi

Imtiyozlar qaysi paytdan boshlab bekor qilinadi?

Imtiyozlar 2022-yil 1-maydan boshlab bekor qilinadi (08.04.2022 yildagi PF-101-son Farmon 9-b.).

Qanday tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi? 

O‘zbekistonning tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan olinadigan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi.

Imtiyozni bekor qilish tijorat banklari va tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida yangi tuziladigan bitimlar asosida olinadigan tovarlarga (xizmatlarga) tatbiq etiladi.

Qanday imtiyozlar bekor qilinadi?

Quyidagilarni to‘lashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozlar bekor qilinadi:

• bojxona bojlari (SK 297-m.)

• qo‘shilgan qiymat solig‘i (30.12.2019 yildagi O‘RQ-599-son Qonun 6-m.)

• aksiz solig‘i (30.12.2019 yildagi O‘RQ-599-son Qonun 6-m.)

Imtiyozlar ko‘rsatilgan tovarlarni (xizmatlarni) olib kirish va realizatsiya qilishda amal qilgan.

 

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati



Report Page