O‘QUVCHILAR TA’LIM BILAN BIRGA KASB-HUNARNI HAM O‘RGANADILAR

O‘QUVCHILAR TA’LIM BILAN BIRGA KASB-HUNARNI HAM O‘RGANADILAR

Axborot xizmati


Davlatimiz Rahbarining joriy yildagi PF-27 sonli farmoniga ko‘ra xar bir tuman(shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida 2023- 2024 o‘quv yilidan o‘quvchilarni 2 ta xorijiy til va kasb - hunarga o‘rgatish amaliyotini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Shunga ko‘ra shahrimizdagi 11 IDUM da ham o'quvchilarni 2- xorijiy til sifatida yapon tili hamda kasblar bo‘yicha tikuvchilik, sartaroshlik va duradgorlik kasbini o‘rganishlari uchun sharoitlar yaratildi.

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova mas’ullar hamrohligida ushbu maktabda bo‘ldi va o‘quvchlarning kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Sinflar o‘quvchilarni tikuvchilik, duradgorlik va sartaroshlik kasblarini o‘rganishlari uchun barcha jihozlar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, shahrimizdagi 1 sektor hududidagi 4- hamda 20 – umumta’lim maktablarida ham ana shunday kasb-hunarga o‘rgatish sinflari tashkil etiladi.

Shahar hokimi ushbu maktablardagi qurilish ishlari bilan ham tanishdi va o‘zining bu boradagi fikrlarini berdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.









Report Page