O‘QUV SEMINARI MUZOKARALARGA BOY BO‘LDI

O‘QUV SEMINARI MUZOKARALARGA BOY BO‘LDI


Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ko‘plab xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalar bilan hamkorlik shartnomasi hamda memorandumlar imzolashga erishilib, agrar sohaning barcha yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, qo‘shma ta’lim dasturlari va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (University of digital economics and agrotechnologies) da Germaniyalik talaba yoshlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi. 

Mazkur o‘quv seminar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olim va yuqori malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Raxmontoy Kurvantoev “O‘zbekiston yer resurslarining holati, muhofazasi va ulardan samarali foydalanish agrotexnologiyalari” mavzusida talaba yoshlarga taqdimoti o‘tkazildi. 

Ushbu o‘quv seminar ishi Institutning yetuk mutaxassislari va ilmiy xodimlari tomonidan Tezkor tuproq mobil laboratoriyasida tuproqni tahlil qilish sharoitlari bilan tanishtirish jarayoni bilan yakun topdi.

Report Page