“OQTUMOR”LIKLAR SUYULTIRILGAN GAZ BILAN ID KARTA ORQALI TA'MINLANMOQDA
Andijon viloyatida jami 423 337 dona suyultirilgan gaz ta'minotidan foydalanuvchi iste'molchilar mavjud bo‘lib, ushbu iste'molchilarga joriy yil davomida 72 000 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan. Joriy yilning 9 oy davomida esa iste'molchilarga 52 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Iste'molchilarni suyultirilgan gaz bilan ta'minlashda 5 dona gaz to‘ldirish stansiyalaridan faoliyat yuritib, suyultirilgan gaz ta'minotiga bo‘lgan talabni qondirish va iste'molchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali kechayu kunduz iste'molchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Oltinko‘l tumanining “Oqtumor” mahallasiga tashrif buyursangiz haqiqiy tanti, mehnatkash, chapani odamlarni uchratasiz. Ular bilan suhbatlashish bir mazza bo‘lsa, ularga xizmat ko‘rsatish yana bir rohat. Chunki ular sizni arzimagan mehnatingizni ham yuksaklarga ko‘tarib, sizga rahmat aytib qabul qilishadi.
Bugun “Oqtumor” MFYda 614 ta suyultirilgan gaz iste'molchilari istiqomat qilishmoqda. Aholiga ta'minotchi korxona tomonidan 691 dona maishiy gaz ballon ajratilgan bo‘lsa, 130 dona shaxsiy ballon bilan 821 ta maishiy gaz ballonlani xalq xizmatida. Maishiy gaz ballon bilan ta'minlangalik darajasi esa 34 foizni tashkil etayapti. “Oqtumor”liklar yil boshidan beri 63.5 tonna suyultirilgan gaz bilan ta'minlandilar. Bu ham belgilangan rejaga nistaban 125 foiz ko‘p demakdir.
“...Mahallamizga suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetib keladi. Olib borilayotgan islohotlarning natijasi bizni mahallada ham namoyon bo‘lmoqda”, - deydi “Oqtumor” MFY rasi Rustamjon Husanov. “...Hozir viloyat gaz idorasidan yigitlar kelishib, yangi onlayn tizim bo‘yicha odamlarimizga tushuntirish berishmoqda. Nafaqat tushuntirishyapti, balki muammolarimizni o‘rganib, yechim topilmoqda”.
“Mahallabay” tizim asosida ish tashkil etilgan mazkur MFYdagi barcha iste'molchilar to‘liq ID kartalar bilan ta'minlangan. “Oqtumor”da ham suyultirilgan gaz yetkazib berishning onlay tizimi bo‘yicha zangori yoqilg‘i yetkazib berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Mutaxassilar iste'molchilar bilan uchrashuvda ID kartalar va bar kodli-yorliqlarning ahamiyati haqida tushuncha bermoqdalar. Shuningdek, suyultirilgan gazdan xavfsiz foydalanishda nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida ma'lumot taqdim etilmoqda.
"Hududgaz Andijon" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati