OQ BOSH KARAM yetishtirish.

OQ BOSH KARAM yetishtirish.

t.me/ykfoundation

    Ahamiyati. Oqbosh karam yil davomida yangiligicha va qayta ishlab iste’mol qilinadi. U parhez hamda davolash xususiyatiga ega. Uni yuragi kasallar, semiz odamlar, kasalga duchor bo‘lganlar iste’mol qiladilar. Sharbati osh­qozon yallig‘lanishini davolashda qo‘llanadi.

    Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Oq bosh karamning ertapishar Farao F1, Nazomi F1, Parel F1, Iyunskaya, o‘rtapishar Saratoni, Toshkent–10, Termez–2500, kechpishar Sharqiya–2, O‘zbekiston­ sudyasi navlari ekiladi.

  Ko‘chat tanlash. Erta bahor va yozgi muddatlarda ekiladigan oq bosh karam ko‘chatlari 30–40 kunlik, barglari to‘q yashil, ildiz­lari baquvvat rivojlangan va sog‘lom bo‘lishi lozim. Dalaga ekish paytida ko‘chatlarda 6–7 ta chinbarg bo‘lishi kerak.

  Yerni tayyorlash. Yer maydoni o‘tmishdosh ekinlar qoldiqlari va begona o‘tlardan yaxshilab tozalanadi. 1 sotix yerga 200–250 kg (10 sotixga 2–2,5 tonna) chirigan go‘ng solinadi. Tuproq 25–30 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanadi, yaxshilab tekislanadi, sug‘orish egatlari olinadi. Ertaki karam uchun yer kuzda ekishga tayyorlab qo‘yiladi.

  Ekish muddati va sxemasi. Karamni 3 xil muddatda ekib, par-varishlash mumkin. Ertaki karam ko‘chatini Respublikamizning janubiy viloyatlarida 10–12-fevral, o‘rta muddatlarda 10–12-may, kechki muddatlarda 1–15-avgust; markaziy mintaqada joylash-gan hamda vodiy viloyatlarida ertapishar navlarning ko‘chatini 25 fevral – 10-mart, o‘rtapishar navlarni 15-aprel – 1-may, kech-pishar navlarni 15-iyun – 10-iyul; shimoliy hududlarda ertapishar navlarning ko‘chatini 15–30-mart, o‘rtapishar navlarni 1–15-aprel, kechpishar navlarni 25-may – 5-iyun oylarida ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

  Qator oralari 70 sm, o‘simliklar orasi 30 sm qilib ekiladi. Bunda 1 sotix maydonga 476 (10 sotixga 4760) tup o‘simlik joylashadi.

  Parvarishlash. Ko‘chat ekib bo‘lgandan keyin maydon ketmaket sug‘oriladi. Ko‘chat tutgandan so‘ng egatlarning oralari, ko‘chatlarning atrofi yumshatiladi va birinchi o‘g‘it beriladi. Ikkinchi chopiq ekin sug‘orilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Oq bosh karam ikki marta chopiq qilinadi. Karamni oziqlantirish uchun 1 sotix maydonga 2 kg azot, 1,5 kg fosfor va 0,7 kg kaliy solinadi. Bo‘z tuproqli yerlarda ertagi karamni 8–10 marta, sizot suvlari yuza joylashgan yerlarda 6–8 marta sug‘orish tavsiya etiladi.

      Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Karam biti, karam kuyasi, karam oq kapalagi qurtlariga qarshi biologik usulda oltinko‘z, xonqizi qo‘ng‘izlari qo‘llaniladi. Barg kemiruvchi qurtlarga qarshi trixogramma tuxumxo‘ri va brakon entomofaglari ishlatiladi. Kimyoviy usulda 10 litr suvga Sipermetrin 25% em.k. (16 ml/ga), Dolprid 200 g/l s.e.k. (10 ml/ga) preparatlarining bi-rontasidan foydalaniladi. 10 sotixga 60–70 litr suvda tayyorlangan aralashma ishlatiladi.

Hosilni yig‘ishtirish. Aholi tomorqalarida ekilgan oqbosh karam oddiy uzun pichoq yordamida 2–3 dona bargi bilan qirqib olinadi. Hosil avval saralab, keyin yoppasiga terib olinadi. Ertagi karam saqlashga moyil emas, shuning uchun uni darhol iste’molga chiqa-rish zarur. Vaqtida yig‘ilmagan karamlarning boshlari yorilib ketadi.

  Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga­ 4760 dona ko‘chat uchun 714 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 1 310 000 so‘mni tashkil etadi. Hosilning­ bir kilogrammi 800 so‘mdan sotilganda 5 mln. 208 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan 3 mln. 898 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page