“ONLINE O‘QITUVCHI, - BUGUNGI KUN KASBI”  

“ONLINE O‘QITUVCHI, - BUGUNGI KUN KASBI”  


Kanalimiz a'zolari va o'qituvchilar!

Ta’tilni yaxshi kayfiyatda o‘tkazishingizni tilagan holda Samarqand viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “ Online o‘qituvchi,- bugungi kun kasbi” nomli tanlovni e'lon qiladi. Ushbu tanlovda ishtirok etishingiz uchun ta'til davrida o'zingizni kasbiy rivojlantirish uchun oila a’zolaringiz, farzandlaringiz yoki shogirdlaringiz  bilan shug'ullanayotgan faoliyatingizni aks ettiruvchi videoroliklarni taqdim qiling. Eng yaxshi va qiziqarli deb topilgan vediroliklar kanalga joylashtrilib boriladi. Tanlov ishtirokchilari ismi, familiyasi, tumani, maktabi haqidagi ma'lumotlarni to‘liq yozib, biriktirilgan lavhalarni quyidagi manzilga yuborishingizni so'raymiz:Asila (+998909833468 telegram raqami).

Videorolikka qo'yiladidan talablar:

1.Videorolik sifatli, hajmi 20 Mbdan yuqori bo'lmasligi lozim.

2. Videorolik 1 daqiqadan oshmasligi va animatsion shaklda bo'lishi kerak.

Ushbu lavhalarni markaz rasmiy telegram kanalida (Samarqand malaka oshirish markazi) “Like” boti orqali joylashtirib boramiz. Rasmlar va vedioroliklar sifati mazmuniga alohida e’tibor qaratiladi. Tanlov g‘oliblari yig‘ilgan ‘like’ lar soniga, sifatiga va mazmuniga qarab aniqlanadi, markaz tomonidan esdalik sovg‘asi hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. Tanlov joriy yilning 15-iyulidan 30-sentabr soat 12:00 gacha davom etadi.



Samarqand viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markaz matbuot xizmati.

Report Page