ONLAYN TIZIM – SHAFFOFLIK, ANIQLIK VA TEZLIK
Izboskan tumanidagi “Tuyachi” MFY o‘ramida 806 nafar suyultirilgan gaz iste'molchilari to‘liq ID kartalar bilan ta'minlangan. Iste'molchilarning 1111 dona maishiy gaz ballonlariga esa bar-kodli yorliqlar yopishtirilgan. Bugungi kunda “Tuyachi”liklarning barchasiga suyultirilgan gaz onlayn tizim orqali yetkazib berilmoqda.
Asaka tumanidagi “Olaqanot” MFYdagi 680 nafar iste'molchi ham ID kartalardan foydalanishga o‘tganlar. Mahalla ahliga yil boshidan beri 98.76 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Iste'molchilarning maishiy gaz ballonlari bilan ta'minlanganlik darajasi 149 foizni tashkil etmoqda.
Har ikkala mahalladagi iste'molchilar bilan suhbatlashilganda, onlayn tizimning afzalliklari, narxlardagi shaffoflik va gaz yetkazib berishdagi tezkorlikni alohida e'tirof etishdi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati