OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI

OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI

"Ommalashtirish.uz" platformasi orqali sertifikat tayyorlash xizmati uchun

1. Umumiy qoidalar

Mazkur ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda “Oferta”) – "Ommalashtirish.uz" platformasi orqali foydalanuvchilarga taqdim etiladigan sertifikat tayyorlash va metodik ishni hujjatlashtirish bo‘yicha pullik xizmatlarni tartibga soladi.


Foydalanuvchi ushbu ofertaga rozilik bildirganidan so‘ng, ushbu hujjat elektron tarzda tuzilgan fuqarolik-huquqiy shartnoma hisoblanadi.

2. Xizmat mazmuni va to'lov qiymati

- Maktab miqyosida pedagogik kengash qarori asosida ommalashtirilgan metodik ishlar uchun sertifikat tayyorlash.

- Sertifikatni ommalashtirish.uz platformasiga raqamli bazaga kiritish.

- Sertifikatga QR kod va identifikatsiya raqami biriktirish.

- Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligini vizual asoslar orqali tekshirish.

- Foydalanuvchi tomonidan xizmatlardan foydalanish qiymati bir dona maktabda ommalashgan sertifikat uchun 49000 (qirq to'qqiz ming) so'mni tashkil etadi. Agar foydalanuvchi tuman/viloyat/Respublika bosqichida ommalashgan ishi uchun sertifikat yuklab olmoqchi bo'lsa 15000 (o'n besh ming) so'mni tashkil etadi.

3. Muhim eslatma

- Taqdim etilayotgan sertifikatlar 89-sonli buyruqdagi davlat tomonidan beriladigan hujjat emas, faqat metodik ishlarni tasdiqlovchi e’tirof etish hujjatidir.

- Ular maktab pedagogik kengashi qarori va pedagogik mahorat markazlari bayonnomalari asosida tayyorlanadi.

- Sertifikatlar kasbiy e’tirof hujjati sifatida taqdim etiladi.

4. To‘lov tartibi

- Xizmat haqi sertifikat turiga qarab belgilanadi va oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi.

- To‘lovlar Click, Payme, Uzum yoki boshqa elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

- To‘lovni amalga oshirgan foydalanuvchi ushbu ofertadagi barcha shartlarga rozilik bildirgan hisoblanadi.

5. Sertifikatni yetkazib berish

- Sertifikat elektron shaklda (PDF) foydalanuvchining Telegram, e-mail yoki akkauntiga yuboriladi.

- Raqamli sertifikat ommalashtirish.uz bazasiga kiritiladi va QR orqali tekshiriladi.

6. Foydalanuvchining javobgarligi

- Foydalanuvchi faqat haqiqiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan metodik ishlar uchun xizmatdan foydalanishi mumkin.

- Noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan foydalanuvchining sertifikati bekor qilinadi va bazadan chiqariladi.

7. Yakuniy qoidalar

- Ushbu oferta istalgan vaqtda yangilanishi mumkin. Yangilanishlar ommalashtirish.uz platformasida e’lon qilinadi.

- Oferta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367–370-moddalariga muvofiq ommaviy shartnoma hisoblanadi.


Xizmat ko‘rsatuvchi:
“Startup-Invest” MCHJ
www.ommalashtirish.uz
Email: info@starupinvest.uz
Telegram: @ommalashtirishadmin




Report Page