OMMAVIY OFERTA

OMMAVIY OFERTA

 (LUX TV telekanalining "MUBORAK BO'LSIN" teledasturida axborot xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma)

 

Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi va 369-modda ikkinchi qismiga asosan tuzilgan "Business Market Media" MChJning (keyingi o‘rinlarda - Ijrochi) muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar-buyurtmachilarga (keyingi o‘rinlarda - Buyurtmachi) xizmatlarni ko‘rsatish shartnomasini (keyingi o‘rinlarda - Shartnoma) tuzishga rasmiy taklifi (ommaviy oferta) hisoblanadi.

 

1.   ATAMALAR VA TA’RIFLAR

1.1. Ushbu Shartnomada quyidagi atamalar va ta’riflar qo‘llaniladi:

Ijrochi - LUX TV telekanalida "MUBORAK BO'LSIN" teledasturida tabriklash tusidagi pullik axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs "Business Market Media" MChJ.

Buyurtmachi – Aksept orqali ushbu Shartnomani Ijrochi bilan tuzgan va mazkur Shartnomada belgilangan shartlar asosida Xizmatlarni to‘lagan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs.

Xizmatlar - Ijrochi tomonidan taqdim etiluvchi tabriklash tusidagi pullik axborot xizmatlari, ularning ro‘yxati "www.tvlux.uz" veb-saytida Ijrochi tomonidan ko‘rsatiladi.

Telekanal – LUX TV telekanali.

Teledastur – LUX TV telekanalida olib borilayotgan "MUBORAK BO'LSIN" teledasturi.

Talabnoma - tabriklovchi(lar)ning va tabriklanuvchi(lar)ning ma’lumotlarini, tabrik matnini, tabrikni efirga chiqish sanasini, Buyurtmachining telefon raqami va boshqa ma’lumotlarni saqlovchi Buyurtmachi tomonidan "www.tvlux.uz" veb-saytida shakllantirilgan elektron murojaati.

Xabarnoma - Buyurtmachiga Ijrochining vakolatli xodimi tomonidan yuborilgan va xizmatlar uchun to'lovni qabul qilish to'g'risidagi ma'lumotlarni, Buyurtmachining ariza raqamini, xizmat ko'rsatish sanasi haqidagi ma'lumotlarni va ko'rsatilgan xizmatlarga oid boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga olgan SMS-xabar, yoki xizmatlar ko'rsatishni rad etish haqida SMS-habar.

Preyskurant – Xizmatlar uchun Ijrochi tomonidan o‘rnatiluvchi to‘lovlar.

Oferta - Ijrochi tomonidan har bir muomala layoqatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsga taqdim etilgan ushbu Ofertada mavjud bo‘lgan muhim shartlar asosida Shartnoma tuzish rasmiy taklifi.

Aksept - Ijrochining xizmatlarini to‘lash yo‘li bilan amalga oshirilgan ushbu Ofertaning shartlarini Buyurtmachi tomonidan to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi.

 

2. AKSEPT TARTIBI

2.1. Ushbu Oferta bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish – uning Aksepti, ya’ni ushbu Ofertaning barcha shartlarini Buyurmachi tomonidan to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi hisoblanadi.

2.2. Ijrochi va Buyurtmachi o‘rtasidagi shartnoma quyidagi shartlarda Aksept paytidan tuzilgan deb hisoblanadi.

 

3. SHARTNOMA PREDMETI

3.1. Mazkur Shartnoma Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga talabnoma asosida LUX TV telekanali "MUBORAK BO'LSIN" teledasturida Xizmatlar ko’rsatish tartibini belgilaydi.

3.2. Buyurtmachi Ijrochiga talabnomada aks ettirilgan har qanday ma’lumotlar haqiqatga muvofiq kelishini, va taqdim etilgan ma’lumotlarning qonuniyligi, to‘g‘riligi, haqiqiyligi, haqqoniyligi va chin ekanligi uchun to‘liq javobgarlikni zimmasiga olishini kafolatlaydi.

3.3. Bu bilan buyurtmachi o‘zining shaxsiy ma'lumotlarini ushbu Shartnoma maqsadlarida qayta ishlashga rozilik beradi. Ijrochiga Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

- Ijrochi tomonidan Buyurtmachi bilan ushbu Shartnoma doirasida qabul qilingan majburiyatlarni tegishli tarzda bajarish;

- Buyurtmachi bilan qayta aloqani, shu jumladan, taqdim etilayotgan xizmatlarga taalluqli xabarnomalar, so‘rovlar va axborotlarni yo‘naltirilishini amalga oshirish.

Oferta qabul qilingan paytdan boshlab Shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Ushbu Shartnomada aniq nazarda tutilmagan barcha masalalarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.

 

4. XIZMATLARNI TAQDIM ETISH TARTIBI VA SHARTLARI

Ushbu Shartnoma xizmatlar ko'rsatishning quyidagi shartlari va tartibini belgilaydi:

4.1. Teleko‘rsatuvda xizmatlarni olish uchun ariza faqat “www.tvlux.uz” sayti orqali qabul qilinadi.

4.2. Tabriklashga talabnoma tabrikning efirga chiqishi rejalashtirilayotgan kungacha kamida 72 soatdan kechiktirmasdan qabul qilinadi. 72 soatdan kam muddatda kelib tushgan talabnoma ko‘rib chiqilmaydi va ushbu talabnoma bo‘yicha xizmatlar taqdim etilmaydi.

4.3. Buyurtmachi tomonidan “www.tvlux.uz” veb-sayti orqali teleko‘rsatuvda xizmatni olish uchun ariza berish Ijrochining tegishli tasdig‘isiz Xizmatni ko‘rsatish uchun asos bo‘lmaydi.

4.4. "www.tvlux.uz" veb-sayti orqali Buyurtmachining talabnomasi Ijrochi tomonidan qabul qilinishidan so‘ng Buyurtmachining ko‘rsatilgan telefon raqamiga talabnomaning ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi haqida xabarnoma keladi.

4.5. Telekanal talab etilgan sanaga teledastur chiqishida tabriklash uchun bo‘sh joy mavjud bo‘lmaganida va talabnomaning ushbu shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlarni taqdim etish shartlariga muvofiq kelmaslikda xizmatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega. Bunda Buyurtmachiga xizmatlarni taqdim etilishi rad etilganligi haqida rad etish sabablari ko‘rsatilgan xabarnoma keladi.

4.6. Teledasturining xronometraji LUX TV telekanalining efir siyosatiga mos ravishda o‘rnatiladi.

4.7. Teledasturining har bir ko‘rsatuvida umumiy tabriklarning soni tabriklar xronometraji va teledastur xronometraji bilan chegaralangan. Ko‘rsatuv tabriklar bilan to‘ldirilganidan keyin ushbu ko‘rsatuvga kelib tushgan talabnomalar qabul qilinmaydi.

4.8. Bitta videoklipda Ijrochining Preyskurantida ko‘rsatilgan tabriklar xronometrajiga, videoklip xronometraji va teledasturning muayyan ko‘rsatuviga kelib tushgan talabnomalarning soniga bog‘liq holda har xil Buyurtmachilardan bir nechta tabriklar joylashtirilishi mumkin.

4.9. Barcha tabriklar (tabriklanuvchining yoshidan qat’iy nazar) talabnomalar kelib tushishi navbati tartibida efirga chiqariladi.

4.10. Videoklip tanlanishiga ega bo‘lgan talabnomalar teledasturda joylashtirilishi mumkin bo‘lgan videokliplarning soni bilan cheklangan. Tanlangan videokliplar bilan teledastur to‘ldiriligandan keyin, teledasturning ushbu ko‘rsatuviga videoklipni tanlashga ega bo‘lgan xizmat taqdim etilmaydi.

4.11. Videoklipni tanlash bo‘yicha talabnomalar (tabriklanuvchining yoshidan qat’iy nazar) talabnomalarning kelib tushish ketma-ketligi tartibida qabul qilinadi.

 4.12. Tabriklash uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan muvofiqlikda ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplar taqdim etishga haqli bo‘lgan ijrochilarning videokliplari qo‘llaniladi.

4.13. O‘sib borayotgan avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi madaniy qadriyatlar va milliy urf-odatlarga muvofiq kelmaydigan videokliplarni qo‘llash taqiqlanadi.

4.14. Fotosuratli tabrik uchun faqat odamlar tasviriga ega bo‘lgan tegishli sifatdagi fotosuratlar qabul qilinadi. Fotosuratlar o‘lchami kamida 720x576. Bunda, fotodagi odam yuzi to‘liq aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Faqat gullar, o‘yinchoqlar, hayvonlar va shunga o‘xshash foto yoki tasvirlar qabul qilinmaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan, o‘sib borayotgan avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi madaniy qadriyatlar va milliy urf-odatlarga muvofiq kelmaydigan, etika va  estetika normalariga zid (ochiq-sochiq, behayolikni targ‘ib qiluvchi harakatlar va imo-ishoralar, spirtli ichimliklar yirik planda ko‘rsatilishi va boshqalar), qurollar, zo‘ravonlikni, hayvonlar bilan beshafqat munosabatda bo‘lishni targ‘ib etuvchi fotosuratlarni ko‘rsatish taqiqlanadi. 

4.15. Tabrik matni 160 belgidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Tabrik matni quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak: qaratqich kelishigidagi tabriklanuvchining F.I.Sh., yashash shahri, nima bilan tabriklanayotganligi, kim tabriklayotganligi.

4.16. O‘zbekiston respublikasi qonunchiligiga mos bo‘lmagan, o‘sib borayotgan avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi madaniy qadriyatlar va milliy urf-odatlarga muvofiq kelmaydigan, estetika va etika normalariga zid keladigan tabrik matnlarini efirga chiqarish taqiqlanadi. 

4.17. O‘rnatilgan tartibda va belgilangan muddatlarda kelib tushgan talabnoma Ijrochining mas’ul xodimi tomonidan quyidagi tarzda ishlov beriladi:

- ko‘rsatilgan sanaga teledasturning ko‘rsatuvida tabriklash uchun bo‘sh joyning mavjudligi tekshiriladi;

- videoklipni tanlashga ega bo‘lgan talabnomada ko‘rsatilgan sanaga teledasturning ko‘rsatuvida tanlangan videoklip uchun bo‘sh joy mavjudligi tekshiriladi;

- talabnomaning ushbu shartnomaning shartlarga muvofiq kelishi tekshiriladi.

4.18. Ko‘rsatilgan sanaga teledastur ko‘rsatuvida tabriklash uchun bo‘sh joy mavjud bo‘lmaganida, hamda talabnomaning ushbu shartnomaning shartlariga muvofiq kelmasligida xizmat taqdim etilmaydi. Bunda, Buyurtmachiga rad etish sababi ko‘rsatilgan xizmat taqdim etilishi rad etilganligi haqidagi xabarnoma keladi.

4.19. Ko‘rsatilgan sanaga teledastur ko‘rsatuvida tabriklash uchun bo‘sh joy mavjudligida va talabnomaning ushbu shartnomaning shartlariga muvofiq kelishida, ammo videokliplar bilan teledasturning ko‘rsatuvi to‘lganligi sababli videoklipni tanlashga ega bo‘lgan xizmat ko‘rsatilishi imkoni bo‘lmaganida, mas’ul xodim talabnomada ko‘rsatilgan telefon raqami orqali Buyurtmachi bilan bog‘lanishi (shart emas) va videoklipni tanlashsiz boshqa xizmatlarni taklif qilishi mumkin. Bunda, Buyurtmachiga "www.tvlux.uz" veb-sayti orqali talabnomani takroran yuborish kerak bo‘lmaydi. Xizmatlarni taqdim etishning asosi bo‘lib birinchi yuborilgan talabnoma bo‘ladi va muvofiq xizmatlarning to‘lovi Preyskurant bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. 

4.20. Buyurtma mas'ul xodim tomonidan ko'rib chiqilgandan so'ng va xizmatlar ko'rsatish iloji bo'lsa, Ijrochi Buyurtmachiga to'lov uchun hisob xabarnomasini yuboradi, unda pullik xizmatning narxi va to'lovni amalga oshirish uchun to'lov tizimiga havola ko'rsatilgan bo'ladi.

4.21. Xizmatlarning yakuniy narxi ushbu Shartnomaning 4.18 va 4.20-bandlari bilan muvofiqlikda Ijrochining mas’ul xodim tomonidan Talabnomaga ishlov berilganidan so‘ng Preyskurant bilan muvofiqlikda belgilab beriladi.

4.22. Xizmatlarni to‘lash hisobiga ega bo‘lgan xabarnoma olinganidan so‘ng Buyurtmachi 12 soat davomida xizmatlar narxini 100% oldindan to‘lovini amalga oshirishi kerak. 12 soat davomida to‘liq narxni to‘lanmasligida xizmat taqdim etilmaydi.

4.23. Xizmat chiqarilgan hisobda ko‘rsatilgan narxning to‘liq to‘langanidan keyin talabnomada ko‘rsatilgan sanada taqdim etiladi (telekanal efiriga tabrik chiqishi amalga oshiriladi).

4.24. Ijrochining hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushganidan so‘ng, Ijrochi Buyurtmachiga to‘lov tasdiqlanishi bilan xabarnomani yuboradi. 

4.25. Agar Buyurtmachi telekanal efirida o‘zining talabnomasini (o‘z tabrigini) ko‘rmagan bo‘lsa, u @muborakbulsin Telegram-kanal orqali murojaat qilishi zarur. Bunda, pul mablag‘larining qaytarilishi faqat to‘lov amalga oshirilgan to‘lov kartasiga amalga oshiriladi.

4.26. Talabnomani bekor qilish tabrik efirga uzatilishidan 24 soat oldin @muborakbulsin Telegram kanaliga bekor qilish sababi va to'lovni tasdiqlovchi hujjat bilan xabar (xat) yuborish orqali amalga oshirish mumkin. Bunday holda, pulni qaytarish faqat tabriklar efirga uzatilgunga qadar va faqat to'lov amalga oshirilgan to'lov kartasiga amalga oshiriladi.

 

5. XIZMATLARNI TO‘LASH

5.1.  Teleko‘rsatuvda tabriklash tusidagi axborot xizmatlari uchun to‘lov Buyurtmachi tomonidan naqd pulsiz to’lovlar uchun O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan tegishli to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Naqd pul to'lashga ruxsat berilmaydi .

5.2. Xizmatlarning yakuniy narxi Ijrochining Preyskuranti bilan muvofiqlikda belgilab beriladi va Ijrochining mas’ul xodimi tomonidan ishlov berilganidan keyin Buyurtmachiga xabar beriladi.

5.3. Saytdagi Ijrochining Preyskurantida ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarga narxlar Buyurtmachini xabardor qilmasdan bir tomonlama tartibda Ijrochi tomonidan o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin. Bunda, talabnomani yuborib bo‘lgan Buyurtmachiga narxlar o‘zgarishi ta’sir qilmaydi.

5.4. Xizmat uchun to'lov Buyurtmachi tomonidan oldindan to'lash usuli bilan to'lov narxi va to'lovga havolani o'z ichiga olgan xabarnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 12 soat ichida xizmat narxining 100 foizini o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Xizmatlar to‘lovini amalga oshirish uchun Buyurtmachi to‘lovni amalga oshirishda xabarnomada keltirilgan talabnoma raqamidan foydalanadi.

5.5. Muddati o'tgan hisob-kitob davri uchun hisob-faktura Buyurtmachi tomonidan individual ravishda hisob-kitob oyidan keyingi kalendar oyning o'ninchi kunidan kechiktirmay rasmiylashtiriladi. Hisob-faktura hisob-kitob kalendar oyining oxirgi kuniga rasmiylashtiriladi.

 

6. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI. KAFOLATLAR.

6. Ijrochining majburiyatlari:

6.1.1. Buyurtmachidan talabnoma olingandan so‘ng Talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi haqida Buyurtmachiga xabarnoma jo‘natish.

6.1.2. Ushbu shartnomaning shartlariga muvofiq xizmatlarni ko‘rsatish.

6.2. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:

6.2.1. Ushbu shartnomaning shartlariga muvofiq xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni Buyurtmachidan olish.

6.2.2. Quyidagi holatlarda xizmatlarni ko‘rsatmaslik:

- ko‘rsatilgan sanaga teledastur ko‘rsatuvida tabriklash uchun bo‘sh joy mavjud bo‘lmaganida, hamda talabnomaning ushbu shartnomaning shartlariga muvofiq kelmasligida;

- Buyurtmachi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilmaganda;

- Ijrochiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlarda.

6.2.3. Bir tomonlama tartibda ushbu Oferta va Preyskurantga o‘zgartirishlar kiritish.

6.3. Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarga ega:

6.3.1. Ijrochiga talabnomani yuborish paytida xizmatlarni tegishli tarzda ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni taqdim qilish;

6.3.2. Ijrochidan to‘lov haqida xabarnoma kelib tushgan paytdan boshlab 12 soat ichida oldindan to‘lovini amalga oshirish. To‘lovini amalga oshirish uchun Buyurtmachi xabarnomada keltirilgan talabnoma raqamidan foydalanadi.

6.4. Buyurtmachining huquqlari:

6.4.1. Tabrikning efirga chiqishidan 24 soat oldin sabablarni ko‘rsatib va to‘lovni tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda, @muborakbulsin Telegram-kanalga xabarni jo‘natish orqali , xizmatlardan voz kechish;

6.4.2. Xizmatlar ko‘rsatilgan kunidan 5 (besh) kalendar kun davomida ko‘rsatilgan xizmatning sifati bilan bog‘liq bo‘lgan e’tirozlarni Ijrochiga taqdim etish. Keltirilgan muddat yakunlanganidan keyin ko‘rsatilgan xizmatlarning sifati bo‘yicha e’tirozlar Ijrochi tomonidan ko‘rib chiqilmaydi, xizmat esa tegishli tarzda ko‘rsatilgan deb hisoblanadi.

6.5. Buyurtmachi talabnomada saqlanuvchi va Buyurtmachi tomonidan Ijrochiga xabar berilgan ma’lumotlar haqiqatga muvofiq kelishini kafolatlaydi. Fotosurat taqdim etilganda, Buyurtmachi fotosuratda tasvirlangan barcha shaxslarning fotosuratini ko'rsatishga roziligini kafolatlaydi. Fotosuratda tasvirlangan shaxslar tomonidan da'vo qilingan taqdirda, Buyurtmachi ushbu da'volarni Ijrochining ishtirokisiz mustaqil ravishda hal qilish majburiyatini oladi.

 

 

7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

7.1. Shartnoma Tomonlari shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaslik yoki tegishli bo‘lmagan tarzda bajarilishi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, hamda shartnoma bilan belgilangan javobgarlikni zimmasiga oladi.

7.2. Tomonlar o‘zlariga olingan majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bajarilmasligi uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi, agar bunday bajarmaslik boshqa tomon aybi bilan sodir etilgan bo‘lsa.

7.3. Ijrochi aybi bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatmaslik holatida, u Buyurtmachi bilan kelishish bo‘yicha yoki Buyurtmachiga boshqa kunda xizmatlarni ko‘rsatishi, yoki Buyurtmachiga xizmatlarni oldindan to‘langan qiymatini qaytarishi shart.

7.4. Buyurtmachi u tomondan taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgarlikni zimmasiga oladi.

 

8. FORS MAJOR

8.1. Tomonlar, agar shartnoma kuchga kirganidan so‘ng va ularni tomonlar oldindan ko‘rishi, imkoniyatli choralar bilan oldini olishi va ularni shartnoma tuzilishi vaqtida hisobga olinmaganligi natijasida yuzaga kelgan ekstraordinar xarakterdagi (fors-major) to‘sqinliklar natijasida sodir bo‘lganligini isbotlab bersalar, shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.

 

9. NIZOLARNI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI

9.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqqan har qanday nizo Foydalanuvchining yozma murojaatiga binoan yul bilan yoki shikoyat tartibida tinch hal etilishi lozim. Murojaatni ko‘rib chiqish muddati va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

9.2. Yuzaga kelgan nizo shikoyat tartibida hal etilmagan taqdirda, u javobgar joylashgan yerdagi tegishli sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi lozim.

 

10. BOSHQA SHARTLAR

10.1. Ushbu Shartnoma Ommaviy oferta qabul qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi (2.1. band) va tomonlar o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarmaguncha yoki Oferta Ijrochi tomonidan bir tomonlama tartibda qaytarib olinmaguncha amal qiladi.

10.2. Shartnomada bevosita nazarda tutilmagan hamma narsada tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va tadbirkorlik odatlariga amal qiladilar.

 

 

11. TOMONLARNING REKVIZITLARI

«Business Market Media» MChJ

O‘zbekiston Respublikasi,

Toshkent sh., Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘ch., 49-uy.

hisob raqami: 2020 8000 8055 2721 3001

"Kapitalbank" AKB MABda

IMH: 01088

 STIR: 309552114




Report Page