OMMAVIY OFFERTA

OMMAVIY OFFERTA

DON (Decentralized Opportunity Network)

Ushbu ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda — “Oferta”) Telegram messenjeridagi maxsus mini-ilova va boshqa dasturiy muhitlar orqali foydalanuvchilarga taqdim etiladigan DON ya’ni interaktiv mukofot (keyingi o‘rinlarda — “DON”) taqdim etish, foydalanish, xavfsizlik, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish va O‘zbekistondagi amaldagi huquqiy talablarga mos ravishda tartibga solinadigan munosabatlarni belgilaydi. Foydalanuvchi Telegram mini-ilovada ro‘yxatdan o‘tganda va DON bilan bog‘liq harakatlarni boshlagan paytdan boshlab ushbu Ofertani to‘liq qabul qilgan hisoblanadi.

1. DON nima va u qanday ishlaydi

1.1. DON (Decentralized Opportunity Network) — markazlashmagan interaktiv tarmog‘ining mukofoti DON bo‘lib, o‘zbek dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan va Telegram messenjeridagi maxsus mini-ilovada startap hamda O‘zbekistondagi axborot tizimlaridagi foydalanuvchilar faolligini rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan.

1.2. DON real pul, kriptovalyuta yoki elektron pul hisoblanmaydi; uning qiymati real aktivlar bilan ta’minlanmagan va faqat platforma doirasida shartli birlik sifatida amal qiladi.

1.3. DON foydalanuvchilarga platformaning quyidagi imkoniyatlaridan foydalanish uchun taqdim etiladi:

•    Kunlik “check-in” va vazifalar;

•    Reklama ko‘rish;

•    Hamjamiyatga a’zo bo‘lish;

•    Referral dasturi orqali do‘st taklif qilish;

•    Turli xil startaplar tizimidan veb va mobil ilovasini yuklash va undagi funksiyalardan foydalanish;

•    DON platformasi yaratuvchilari va administratorlari tomonidan taqdim etiladigan boshqa vazifalar bajarish orqali.

2. DON qanday tarqatiladi

2.1. DON faqat faol foydalanuvchilarga avtomatik yoki qo‘lbola usulda taqdim etiladi. Bu quyidagi holatlarni o‘z ichiga oladi:

•    Telegram mini-ilovasiga ilk bor ulangan foydalanuvchi;

•    Kunlik topshiriqlarni bajarish;

•    Reklama videolarini ko‘rish;

•    Aksiyalar, chellenj va tanlovlarda qatnashish;

•    Yangi foydalanuvchilarni taklif qilish (referal dasturi);

•    Platformadagi maxsus dasturlarda qatnashish;

•    Dasturchilar va Administrator tomonidan joriy etiladigan boshqa holatlar.

2.2. Administrator DON taqsimoti, miqdori va usulini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

3. DON taqdim etiladigan chellenjlar va mukofotlar

3.1. DON yig‘ish foydalanuvchiga maxsus chellenjlarda ishtirok etish va sovrinlar yutish imkonini beradi.

3.2. Ishtirok shartlari, tanlov muddati va talablar Telegram mini-ilovada alohida ko‘rsatiladi.

4. DONdan foydalanish

4.1. DON quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:

•    Sovrinli chellenjlarda qatnashish;

•    Platformaning hamkorlari tomonidan taqdim etilgan tovar va xizmatlardan foydalanish;

•    Tanlovlarda qatnashish orqali mukofot yutish;

•    Ayrim hollarda DON tarmog‘iga ulangan startaplarning to‘lovlarini bir qismini qoplash. (m-n: kommunal to‘lovlarning bir qismini qoplash)

4.2. DON pulga almashtirilmaydi, sotib olib bo‘lmaydi.

4.3. Bir shaxs tomonidan soxta akkaunt ochish, botlar yoki avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanish taqiqlanadi. Bunday holatlarda DONlar bekor qilinishi va akkaunt bloklanishi mumkin.

4.3. DONlardan faqat 16 yosh yoki 16 yoshdan oshgan foydalanuvchilar foydalanishlari mumkin.

5. DONlarning amal qilish muddati

5.1. Har bir DONning amal qilish muddati cheklanmagan lekin foydalanuvchi tomonidan so‘nggi faollik vaqti belgilangan muddatdan o‘tgan bo‘lsa DON yoki DON bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshira olmaydi, bunday hollarda DON avtomatik tarzda hisobdan chiqariladi.

5.2. Muddatlar haqidagi ma’lumot Telegram mini-ilovasida yoki rasmiy kanallarda e’lon qilinadi.

6. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash

6.1. Foydalanuvchi ushbu Ofertani qabul qilgan holda, shaxsiy ma’lumotlarining quyidagi maqsadlarda qayta ishlanishiga rozilik beradi:

•    Faollik tarixi yuritilishi;

•    Mukofotlar va xabarnomalar yuborilishi;

•    Platformada tahlil va takomillashtirish maqsadlarida qayta ishlash.

6.2. Barcha ma’lumotlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tarzda qayta ishlanadi va saqlanadi.

7. Cheklovlar va xavfsizlik choralari

7.1. Quyidagi harakatlar qat’iyan taqiqlanadi:

•    Soxta yoki dublikat akkauntlar yaratish;

•    Botlar yoki avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanish;

•    VPN, IP manipulyatsiya va texnik hiylalar orqali DON yig‘ish;

•    Platforma xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlar.

7.2. Ushbu harakatlar aniqlansa, Administrator:

•    DONlarni bekor qilish;

•    Akkauntni vaqtincha yoki butunlay bloklash;

•    Zarurat tug‘ilganda tegishli organlarga murojaat qilish huquqiga ega.

7.3. Administrator:

•    Cheklangan yoki yo‘qolgan DONlar;

•    Texnik yoki tarmoq muammolari;

•    Hamkor platformalar faoliyati uchun javobgar emas.

8. Ofertani o‘zgartirish tartibi

8.1. Ushbu Ofertani Administrator istalgan vaqtda bir tomonlama tarzda yangilashi mumkin.

8.2. Yangilangan matn Telegram mini-ilovasida yoki rasmiy manbalarda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

8.3. Foydalanuvchining DONlardan foydalanishni davom ettirishi — yangilangan shartlarga avtomatik ravishda rozilik bildirishi hisoblanadi.

9. DON balansining platformalar o‘rtasidagi integratsiyasi

9.1. DON hisoblari Telegram mini-ilovasi va u bilan integratsiya qilingan boshqa dasturiy muhitlar, jumladan “HGT” mobil ilovasi hamda kelgusida ulanadigan boshqa platformalarda yagona hisoblashuv tizimi orqali yuritiladi.

9.2. Telegram botdagi foydalanuvchi akkaunti va “HGT” yoki boshqa qo‘llab-quvvatlovchi ilovalardagi akkauntlar o‘zaro bog‘langan holda ishlaydi. Masalan, agar foydalanuvchi “HGT” ilovasida ma’lum harakat (to‘lov, reklama ko‘rish, topshiriq bajarish)ni bajarsa, u uchun beriladigan DON miqdori Telegram mini-ilovadagi shaxsiy balansda ham real-time tarzda aks ettiriladi va aksincha.

9.3. Boshqa integratsiya qilingan ilovalar orqali ham DON yig‘ish, ulardan foydalanish yoki balansni kuzatish mumkin bo‘ladi. Barcha ma’lumotlar sinxronlashtirilgan holda yagona hisobda saqlanadi.

9.4. Ushbu tizim foydalanuvchiga qaysi platforma orqali faoliyat olib borishidan qat’i nazar, DON miqdorini markazlashtirilgan va tiniq tarzda boshqarish imkonini beradi.

9.5. Administrator kelgusida yangi ilovalar, veb-saytlar va servislar bilan DON tizimini integratsiya qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

10. Yakuniy qoidalar

10.1. Ushbu Ofertada alohida nazarda tutilmagan masalalar amaldagi huquqiy asoslarga binoan hal etiladi.

10.2. Nizolar dastlab muzokara yo‘li bilan hal etiladi. Agar bu imkoniyat samarasiz bo‘lsa, tomonlar sud tartibida murojaat qilish huquqiga egadir.

Report Page