OMMAVIY OFERTA

OMMAVIY OFERTA

(Telegram-botdan foydalanish shartlari)

Kuchga kirish sanasi: 17.02.2026

Manzil: Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi


1. Umumiy qoidalar

Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi.
Telegram-botdan foydalanish ushbu shartlarning to‘liq qabul qilinganligini anglatadi.
Xizmat Telegram platformasi orqali ishlaydi va uning texnik infratuzilmasiga bog‘liq.
Administrator: O’rinboyev Ziyodbek G’olibjon o’g’li
Tashkilot nomi: ExBook

Aloqa
email : u.ziyod05@gmail.com
Telegram : @Ziyod05

Qo‘llaniladigan huquq: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi.


2. Shartnoma predmeti

Xizmat quyidagilarni taqdim etadi:

2.1 Kitob almashish e’lonlarini joylashtirish uchun Telegram-bot;

2.2 E’lonlarni ochiq Telegram-kanalda avtomatik joylashtirish;

2.3 Foydalanuvchining Telegram username havolasini ko‘rsatish.

2.4 Administrator almashuv bitimining tomoni hisoblanmaydi.

3. Joylashtiriladigan kontent

3.1 Foydalanuvchi mustaqil ravishda:
-kitob nomi;
-muallif;
-nashr yili;
-holati;
-surat;
-izoh;
-almashuv shartlarini kiritadi.

3.2 Quyidagilar taqiqlanadi:
- O‘zbekistonda taqiqlangan kitoblar;
- Ekstremistik materiallar;
- Diniy radikalizm;
- Pirat mahsulotlar;
- Spam va takroriy e’lonlar.
- O’ziga tegishlik bo’lmagan kitoblar (kutubxona, o’g’irlangan va shular kabi kitoblar).

3.3 Administrator qoidalarga zid materiallarni o‘chirish huquqiga ega.


4. Shaxsiy ma’lumotlar

4.1 Faqat Telegram API orqali olingan ma’lumotlar qayta ishlanadi.

4.2 Administrator:
-telefon raqamlarni yig‘maydi;
-shaxsiy yozishmalarni saqlamaydi;
-foydalanuvchi kiritmagan ma’lumotlarni qayta ishlamaydi.

4.3 Joylashtiriladi:
-Telegram profilga havola;
-ism (agar mavjud bo‘lsa);
-kitob ma’lumotlari;
-kitob surati.

4.4 Saqlash muddati — 1 oygacha.

4.5 Foydalanuvchi o‘z ma’lumotlarining ochiq kanalda joylashtirilishiga rozilik bildiradi.

4.6 Ma’lumotlarni qayta ishlash “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.


5. Yosh talabi

5.1 Xizmat 18 yoshdan katta shaxslar uchun mo‘ljallangan.
18 yoshga to‘lmaganlar qonuniy vakillari roziligi bilan foydalanishi mumkin.

5.2 Administrator yoshni tekshirmaydi.


6. Javobgarlik

6.1 Administrator quyidagilar uchun javobgar emas:
- Foydalanuvchilarning firibgarligi;
- Kitob holati;
- Almashuv shartlarining bajarilishi;
- Uchinchi shaxslar harakatlari;
- Telegram texnik nosozliklari.


7. Nizolarni hal qilish

7.1 Avval Administratorga murojaat qilish majburiy.

7.2 Kelishuvga erishilmasa, nizo O‘zbekiston Respublikasi sudlarida ko‘rib chiqiladi.

Report Page