OMAVIY OFERTA SHARTNOMASI
O‘qituvchilar kuniga bag‘ishlangan aksiya uchun(keyingi o‘rinlarda – «Qoidalar»)
UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu Qoidalar Agrobank ATB (keyingi o‘rinlarda – «Tashkilotchi») va Uzcard (Yagona umummilliy protsessing markazi AJ) hamkorligida o‘tkaziladigan «O‘qituvchilar kuniga bag‘ishlangan aksiya» (keyingi o‘rinlarda – «Aksiya»)ning tartibi va shartlarini belgilaydi.
G‘oliblar ushbu Qoidalarga muvofiq aniqlanadi. Aksiyada ishtirok etish bepul. Aksiya qimor o‘yini emas va hech qanday qimor o‘yinlari shaklida foydalanilmaydi. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga ko‘ra stimul beruvchi lotereya hisoblanmaydi.
1.2. Ushbu Qoidalar barcha muhim shartlarni o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Qoidalar ishtirok etish shartlari, g‘oliblarni aniqlash va sovrinlarni topshirish tartibi hamda aksiyani tashkil etishning boshqa muhim shartlarini tavsif etadi.
1.3. Aksiya tashabbuskori – Uzcard (keyingi o‘rinlarda – «Tashabbuskor»), manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 78.
1.4. Aksiya tashkilotchisi – Agrobank ATB, manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, B. Zokirov ko‘chasi 2A.
QOIDALARDA FOYDALANILADIGAN ATAMALAR
2.1. Aksiya ishtirokchisi – Agrobankning Uzcard ish haqi (oylik) kartalariga maosh tushadigan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi muassasalari xodimlari, aksiya davrida shartlarga rioya qilgan va ushbu Qoidalarni (ofertani) aksept qilgan shaxs.
2.2. Aksept – Ishtirokchi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar, ushbu Qoidalarni to‘liq va shartsiz qabul qilishni tasdiqlaydi. Aksept kartada talab qilingan qoldiqni saqlash orqali amalga oshiriladi.
2.3. Sovrin – aksiya g‘oliblariga taqdim etiladigan mukofot:
30 ta Turkiyaga sayohat yo‘llanmasi va 350 ta 3 000 000 so‘mlik elektron sertifikat (“Chakana.uz” onlayn marketpleysida xarid amalga oshirish uchun).
2.4. G‘olib – ushbu Qoidalarga muvofiq tanlangan aksiya ishtirokchisi.
AKSIYA O‘TKAZISH MUDDATI
3.1. Aksiya davri: 2025 yil 1 oktabrdan 31 oktabrgacha (shu jumladan). Tashkilotchi istalgan vaqtda aksiya muddatlarini o‘zgartirish, sovrinlar fondini ko‘paytirish/qisqartirish yoki aksiyani to‘xtatish huquqiga ega, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xabardor qiladi. Muhim o‘zgarishlar haqida ma’lumot Agrobank ATB rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI
4.1. Aksiya ishtirokchisi – Agrobankning Uzcard ish haqi (oylik) kartalariga maosh tushadigan, aksiya davrida 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi muassasalari xodimlari.
4.2. Cheklovlar:
4.2.1. Muvofiq deesposoblikka ega bo‘lmagan yoki deesposob bo‘lmagan shaxslar (o‘z harakatlari uchun huquqiy javob bera olmaydigan shaxslar), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ishtirok eta olmaydi.
4.2.2. 18 yoshga to‘lmagan shaxslar ishtirok eta olmaydi.
4.2.3. Tashkilotchi va Tashabbuskor xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari va oila a’zolari (eri/xotin, farzandlar, opa-singillar, ota-onalar) g‘olib deb tan olinmaydi va sovrin olish huquqiga ega emas.
4.3. Aksiyada ishtirok etish (aksept) orqali ishtirokchi ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishgani va ularga rozi ekanini tasdiqlaydi.
4.4. Ishtirokchilarning Uzcard ish haqi (oylik) kartalarida aksiya yakunlanguniga qadar kamida 1 000 000 so‘m qoldiq saqlanishi lozim. Agar qoldiq kamayib, keyinchalik qayta to‘ldirilsa ham, ishtirokchi diskvalifikatsiya qilinadi. Barcha talablariga rioya qilganlar avtomatik ravishda ro‘yxatga olinadi.
4.5. Har bir ishtirokchi aksiyada faqat bir marta ishtirok etishi mumkin.
QUR’A TASHLASH TARTIBI
5.1. Aksiya doirasida bir martalik qur’a tashlash o‘tkaziladi. Qur’a tashlash 2025 yil 31 oktabrgacha aksiya shartlariga to‘liq rioya qilgan ishtirokchilar orasida amalga oshiriladi. G‘oliblar sifatida 350 nafar elektron sertifikat va 30 nafar sayohat yo‘llanmasi egalari aniqlanadi.
5.2. Sovrinlar almashtirilmaydi va pul yoki boshqa turdagi qiymat bilan qaytarib berilmaydi.
5.3. Sovrinlar soni cheklangan bo‘lib, 5.1-bandda ko‘rsatilgan miqdorga teng.
5.4. Tashkilotchi sovrinlar fondini oshirish, qisqartirish yoki qo‘shimcha sovrinlar joriy qilish huquqiga ega. Bu haqda ishtirokchilar 8-bo‘limda ko‘rsatilgan tartibda xabardor qilinadi.
5.5. Sovrinlar qiymatidan soliqlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hisoblanadi va ushlab qolinadi. Tashkilotchi soliq agenti sifatida tegishli soliqlarni hisoblaydi, ushlab qoladi va vakolatli organlarga o‘tkazadi.
AKSIYA ISHTIROKCHISINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
6.1. Huquqlar:
- Qoidalar bilan tanishish.
- Qoidalarga muvofiq aksiyada ishtirok etish.
- Qoidalar o‘zgarishi haqida ma’lumot olish.
6.1.1. Ishtirokchilar tanlovdagi statusi hamda tanlov haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni rasmiy sayt orqali yoki 1216 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yo‘li bilan olishlari mumkin.
6.2. Majburiyatlar:
-Qoidalarda belgilangan shartlarga rioya qilish.
Ishtirokchi o‘z tasviri, shaxsiy ma’lumotlari, intervyulari va aksiya bilan bog‘liq boshqa materiallardan aksiya reklama va axborot kampaniyasi maqsadlarida bepul va muddatisiz foydalanilishiga rozilik beradi.
AKSIYA TASHKILOTCHISINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
7.1. Majburiyatlar:
- Aksiyani ushbu Qoidalarga muvofiq tashkil etish va o‘tkazish.
- G‘oliblarga sovrinlarni topshirish.
7.2. Huquqlar:
- Qoidalar va qonunchilikka muvofiq barcha huquqlardan foydalanish.
- Qoidalarga muvofiq kelmagan ishtirokchiga sovrin berishdan bosh tortish.
- Sovrin topshirish uchun shaxsni tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish.
ISHTIROKCHILARNI AKSIYA MUDDATI VA SHARTLARI HAQIDA XABARDOR QILISH TARTIBI VA USULLARI
8.1. Ishtirokchilar va potensial ishtirokchilarni xabardor qilish ushbu Qoidalar va aksiya ma’lumotlarini aksiya davrida Agrobankning rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
8.2. Tashkilotchi Qoidalarga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. O‘zgartirishlar e’lon qilingan vaqtdan amal qiladi.
G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI
9.1. G‘oliblarni aniqlash Tashkilotchi tomonidan amalga oshiriladi.
9.2. Qur’a tashlash onlayn, random.org sayti orqali tasodifiy tanlash yo‘li bilan o‘tkaziladi:
- 350 ta sertifikat g‘oliblari – elektron randomizator orqali aniqlanadi;
- 30 ta sayohat yo‘llanmasi egalari lototron orqali aniqlanadi.
9.3. G‘oliblar haqidagi ma’lumotlar aksiya tadbiri davomida Tashkilotchi tomonidan belgilangan vaqt va tartibda ommaga taqdim etiladi hamda Agrobankning rasmiy axborot kanallarida e’lon qilinadi.
SOVRINLARNI OLISH TARTIBI
10.1. Tashkilotchi g‘olibga sovrin huquqi va topshirish joyi haqida xabar beradi. G‘olib 5 ish kuni ichida quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim: mobil telefon raqami, yashash manzili, to‘liq ism-sharif (F.I.O.), shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
10.1.1. G‘olib tomonidan kerakli hujjatlar Tashkilotchiga telegram bot (agrobank_byudjet_murojaat_bot) orqali taqdim etilishi kerak.
10.2. G‘oliblar Qoidalarga nazarda tutilmagan qo‘shimcha mukofotlarni talab qilish huquqiga ega emas.
10.3. Agar g‘olibning sovrinni olish imkoniyati Tashkilotchidan tashqari sabablarga ko‘ra mavjud bo‘lmasa (masalan, noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etilgan bo‘lsa), Tashkilotchi javobgar hisoblanmaydi va kompensatsiya taqdim etilmaydi.
10.4. Sovrin olish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi.
TASVIRLARDAN FOYDALANISH VA KONTENT MODERATSIYASI
11.1. Aksiyada ishtirok etish (aksept) orqali ishtirokchi o‘zi taqdim etgan ma’lumotlar, jumladan shaxsiy ma’lumotlarni Tashkilotchi tomonidan Qoidalarga muvofiq va reklama maqsadlarida qayta ishlanishiga rozilik beradi, qo‘shimcha rozilik va haq to‘lamasdan.
SHAXSIY MA’LUMOTLAR
12.1. Ishtirokchi o‘zi nomidan, ixtiyoriy va mustaqil ravishda harakat qiladi, aksiyada ishtirok etish va sovrin olish bilan bog‘liq barcha xavflarni o‘ziga oladi.
12.2. Shaxsiy ma’lumotlar ishtirokchining yozma arizasiga ko‘ra o‘chirilib tashlanadi. Rozilik qaytarib olinsa, ishtirokchi aksiyadan chiqariladi.
12.3. Tashkilotchi shaxsiy ma’lumotlarni faqat soliqlarni to‘lash, hisobot va sovrin topshirish uchun foydalanishini kafolatlaydi, boshqa maqsadlarda oshkor qilmaydi.
12.4. Shaxsiy ma’lumotlar Tashabbuskorga o‘tkazilmaydi va qayta ishlanmaydi.
BOSHQА SHARTLAR
13.1. Qoidalarga rioya qilmagan ishtirokchiga sovrin berilmaydi.
13.2. Tashkilotchining qarorlari yakuniy va qayta ko‘rib chiqilmaydi.
13.3. Tashkilotchi qo‘shimcha ma’lumotlarni 8-bo‘limga muvofiq joylashtirish huquqiga ega.
13.4. Tashkilotchi sovrin berishni to‘xtatish yoki rad etish huquqiga ega, agar: ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa; Qoidalar buzilsa; ishtirokchi samarasizligiga shubha bo‘lsa.
13.5. Tashkilotchi ishtirokchilar bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirmaydi, qonunchilik talab qilgan hollar bundan mustasno.
13.6. Aksiyada ishtirok etish (aksept) Qoidalar bilan tanishgani va roziligini tasdiqlaydi.
13.7. Sovrin «qabul qilishdan bosh tortish» sababi bilan qaytarilsa, qayta talab qilinmaydi.
13.8. Sovrin topshirish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etmaslik Tashkilotchini majburiyatdan ozod qiladi.
13.9. Aksiyaning har qanday aspektini o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa (viruslar, internet nosozliklari va h.k.), Tashkilotchi aksiyani bekor qilish, to‘xtatish yoki o‘zgartirish huquqiga ega.
13.10. Ishtirok bilan bog‘liq barcha xarajatlar ishtirokchi tomonidan qoplanadi.
13.11. Aksiya natijalari va Tashkilotchi qarorlari yakuniy va shikoyat qilinmaydi.
13.12. Tashabbuskor aksiyani tashkil etish, g‘oliblarni aniqlash va sovrin topshirishda ishtirok etmaydi, Qoidalar va qonunchilikka rioya qilish uchun javobgar emas, ishtirokchilar shikoyatlariga javob bermaydi.