OLMAZORDA GAZ BOSIMI YAXSHILANDI

OLMAZORDA GAZ BOSIMI YAXSHILANDI


Xalqni rozi qilib yashash, murojaatlarning kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida bugun mamlakatimizda bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, gaz sohasida ham. Qish mavsumida isteʼmolchilarga bir maromda tabiiy gaz yetkazib berish, noxush holatlarning oldini olish uchun filial xodimlari ishlarni sifatli tashkil qilmoqda. Aholidan tushayotgan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmayapti. Yunusobod tumani, “Hamkorobod” mahallasidan, Olmazor tumani, “Gulzor”, Ibrohim ota mahallasidagi iste’molchilarni bir me’yorda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 200 metr joydan o’rta bosimli D - 159 mm yer usti gaz quvuri o’tkazildi. Natijada, Olmazor tumani, “Gulzor”, Ibrohim ota mahallalaridagi 500 dan ortiq aholi xonadonlarida bir me’yorda tabiiy gaz kirib borishiga erishildi. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali mutaxassisi Sanjar Sodiqov bu haqida shunday deydi:

-“Amalga oshirilayotgan ishlarning barchasining zamirida inson qadri yotadi. Xalqni rozi qilish, ularning ko’zidagi quvonchni ko’rish, insonga yanada ruh bag'ishlaydi, ishga bo’lgan mehri ortadi. Islohat avvalo inson manfaatlarini ifoda etishi kerak. Bugungi kunda Olmazor tumanidagi tabiiy gaz iste’molchilarimizning xonadonlariga iliqlik ulashayotganimizdan juda hursandmiz. Mahalla fuqarolarining yuzidagi quvonchni aytmaysizmi. Ijtimoiy sohalar taraqqiyotini ko‘zlab amalga oshirilayotgan barcha loyihalar pirovardida inson manfaati yotadi”.

Poytaxtimizdagi barcha gaz taqsimlash qurilmalari qayta nazoratdan o’tkazilmoqda. Aholi xonadonlariga bir maromda tabiiy gaz yetib borishini ta’minlash uchun filialning barcha tuman bo’limlaridagi xodimlari o’z ishini sidqidildan bajarishga odatlangan. Har bir sohaning o’ziga yarasha mashaqqati bor. Jumladan, kechayu - kunduz uhlamasdan o’z kasbiga sodiq xizmat qilayotgan barcha gaz tizimidagi xodimlarning mehnati cheksizdir.

Albatta, bu kabi amaliy ishlardan asosiy maqsad - isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash, turli ovoragarchiliklarning oldini olish ekan, gaz ta'minoti filiali tomonidan har bir jarayonga o'z vaqtida mas'uliyat bilan yondashilmoqda.


✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati



Report Page