OLIYGOHDA "MILLIY QADRIYATLAR FESTIVALI" BOʻLIB OʻTDI.

OLIYGOHDA "MILLIY QADRIYATLAR FESTIVALI" BOʻLIB OʻTDI.

Xaydarov Xasanjon Xakimovich

Joriy yilning 16-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida "Adabiy-maʼrifiy haftalik" doirasida “Milliy qadriyatlar festivali” hamda "Ezgulik shiorimiz - maʼrifat qurolimiz" shiori ostida tantanali maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Qoʻqon shahar Xudoyorxon Oʻrdasida tashkil etilgan maʼdaniy tadbir, oliygoh va shahar yoshlari o‘rtasida milliy g’urur hamda vatanparvarlik tuyg’ularini yuksaltirish, asrlar oshsa-da hamon saqlanib kelayotgan milliy urf-odatlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ’ib qilish maqsadida tashkil etildi. 

Festival doirasida milliy sport oʻyinlari, milliy taomlar tanlovi, "Zakovat" o‘yini, kitoblar yarmarkasi, milliy liboslar koʻrgazmasi, talabalarning qo‘l mehnati ko‘rgazmalari namoyish etildi.

Tantanali tadbirning badiiy qismida Filial "Talabalar teatr studiyasi" tomonidan tayyorlangan "Jadidlar" spektakli barchada katta taassurot qoldirdi.

Festival doirasida 340 nafar talabalar va 600 dan ortiq Qoʻqon shahar yoshlari ishtirok etishdi. Tadbir vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar va raqslarga ulanib ketdi.


Report Page