OLIMPIADA G‘OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANISHDI
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmatiAvval xabar berganimizdek, 11-dekabr kuni 26-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida Termiz shahar hokimligi, shahar Xalq taʼlimi bo‘limi va "WESTMINSTER" o‘quv markazi hamkorligida 3-4 va 5-6 sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan olimpiada bo‘lib o‘tgan edi.

Bugun olimpiada g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Natijalarga ko‘ra;




3-4 sinflar o'rtasida
Oliy o‘rin: Jo'rayev Dilnur - Termiz shahar 21-maktabning 4-sinf o'quvchisi,
1-o‘rin: Nortojiyev Toshmuhammad- Termiz shahar 21-maktabning 4-sinf o'quvchisi,
2-o‘rin: Xudoyberdiyev Azamat - Termiz shahar 26-maktabning 4-sinf o'quvchisi,
3-o'rin: Kamolova Samira - Termiz shahar 9-maktabning 4-sinf o'quvchisi,
4-o‘rin: Islomjonova Gulmiraxon - Termiz shahar 26-maktabning 4-sinf o'quvchisi,
5-o'rin: Nuraliyev Begzod - Denov tumani Mirzo Ulug'bek xususiy maktabining 4-sinf o'quvchisi,




5-6-sinflar o'rtasida
Oliy o‘rin: Berdimurodov Abdumalik - Termiz shahar 3-IMIning 6-sinf o'quvchisi,
1-o‘rin: Choriyev Elbek - Termiz shahar 3-IMIning 5-sinf o'quvchisi,
2-o‘rin: Davronov Ibrohim - Termiz shahar 21-maktabning 6-sinf o'quvchisi
3-o‘rin: Ko'chkinov Islombek - Termiz shahar 1-IMIning 5-sinf o'quvchisi
4-o‘rin: Abdihakimov Nurmuhammad - Termiz shahar 3-IMIning 5-sinf o'quvchisi
5-o‘rin: Yo'ldoshaliyev Fayozbek - Termiz shahar 3-IMIning 6-sinf o'quvchisiga nasib etdi.







G‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga noutbuk, televizor, telefon, planshet, velosiped va oliy o‘ringa Termiz shahar hokimligi tomonidan kir yuvish mashinasi sovg‘a qilindi.


