OLIMPIADA
Ignaning uchida quduq qazganlar,
Ilm shahri tomon safar qilganlar,
Kitobning qadrini yaxshi bilganlar,
Olimpiada - adolat bellashuvi bu.
Tunni tongga ulab diktant yozganlar,
Tinmay misol ishlab, rosa ozganlar,
Kim o'zarda ilm olib o'zganlar,
Olimpiada - adolat bellashuvi bu.
Ustozning mehnatin ro'yobi unda,
Shogirdlar ilmining o'lchovi unda,
Olimlar yig'ilgan ulug' bu kunda
Olimpiada - adolat bellashuvi bu.
Kim ilmi yetukdir, ustozi kuchli,
Kimga omad yordir, quchadi zafar.
Shundaylar g'olib bo'lishga haqli,
Olimpiada - adolat bellashuvi bu.
Bu bahsda kuchsizlar bo'lmaydi aslo,
Chunki kitob bilan bo'lgan oshino,
O'quvchilar uchun bitta muddao
Olimpiada - adolat bellashuvi bu.
Olg'a o'quvchilar, bilimdon hur yoshlar,
Bu tanlov bizlarni baxt tomon boshlar,
Ko'zingizdan aslo oqmasin yoshlar,
Olimpiada - adolat bellashuvi bu!
Nigora ALIMOVA,
Buloqboshi tumani 14-IDUM ona tili va adabiyot fani oʻqitivchisi.