OIVni qasddan yuqtirgan shaxslar IIB xodimlari tomonidan aniqlanib ushlandi

OIVni qasddan yuqtirgan shaxslar IIB xodimlari tomonidan aniqlanib ushlandi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axloq va sogʻliqqa qarshi jinoyatlar bilan kurashish boʻlinmasi ogohlikka chaqiradi.

IIBB Axborot xizmati

Tartibsiz hayot kechirish, sogʻlom turmush tarziga rioya qilmaslik, gohida ehtiyotsizlik va eng achinarlisi ayrim hollarda qasddan infeksion kasallikni yuqtirish bilan bogʻliq holatlar aniqlanib, jinoyat sodir qilgan shaxslar javobgarlikka tortilmoqda.

Jumladan Toshkent viloyati IIBB JQB Axloq va sogʻliqqa qarshi jinoyatlar bilan kurashish boʻlinmasi tezkor xodimlari tomonidan yilning oʻtgan 6 oyi davomida OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslar infeksiyani qasddan oʻzga shaxsga yuqtirish bilan bogʻliq 20 ta jinoiy holat aniqlanib, kasallikni yanada tarqalishining oldi olindi.

Misol uchun, Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 35 yoshli ikki ayol OIV kasalligi bilan roʻyxatda turib, qonuniy ogohlantirilgan boʻlishiga qaramay joriy yil iyun oyida 35 va 53 yoshli shaxs bilan jinsiy aloqada boʻlganligi va bu orqali ushbu shaxslar va boshqalarning hayotini xavf ostida qoldirganligi aniqlangan. Shaxslar protsessual ushlangan.

Shu kabi Angren shahrida yashovchi 24-43 yosh orqasidagi uch nafar ayol va bir nafar erkak ham OIV kasalligi bilan roʻyxatda turib, qonuniy ogohlantirilgan boʻlishiga qaramay oʻzga shaxs bilan jinsiy aloqada boʻlganligi aniqlangan va tegishli tartibda ushlangan.

Aniqlangan barcha holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur boʻlinma tomonidan joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida oʻquv (maktab, litsey oliy taʼlim) muassasalari oʻquvchilari, korxona-tashkilot xodimlari, mahalla va boshqa joylarda 150 dan ortiq targʻibot va profilaktik tadbirlar oʻtkazilib, OIV va OITS kasalligining hayotiy xavfi va huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirilib, ogohlikka chaqirilmoqda.

IIBB Axborot xizmati



Report Page