OIV/OITS KASALLIGI PROFILAKTIKASI.

OITS (ortirilgan immun tanqisligi sindromi) – sindromi OIV (orttirilgan immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik. Kasallik inson immun tizimini o‘zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi. Agar bu sindrom rivojlansa bu sezuvchanlik yanada oshadi.
OIV virusi odamning barcha to‘qimalarida uchraydi, zararlangan odamning organizm ichki suyuqliklari orqali yuqadi. Masalan sperma, qin ajralmasi, qon va ko‘krak suti orqali tarqalishi aniqlangan.
Bu maqolada biz sizga OIV va OITS, ularning simptomlari, sabablari va davolash haqida ma’lumot bermoqchimiz.
OIV – bu virus odamning immun hujayrasi bo‘lgan CD-4 hujayralarini zararlaydi. OITS – bu sindrom OIV virusining immun tizimiga bo‘lgan ta’siri natijasida yuzaga keladi.
OIV – bu virus.
OITS – bu organizmning immun tanqislik holati.

OITS sabablari
OIV – virusi OITS ning rivojlanishi sababidir. Ba’zi hollarda esa virus bilan zararlangan odamlarda OITS rivojlanmasligi mumkin. OITS ko‘p hollarda OIV o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga keladi.
OIV – bu retrovirus oilasiga kiradi, organizmning muhim organlari va immun tizimi hujayralarini zararlaydi. Agar virusning rivojlanishiga qarshi antirertovirus terapiyasi olib borilmasa, virus organizmda tez rivojlanadi. Virusning rivojlanishi turli omillarga bog‘liq. Bular insonning yoshi, organizmning OIV virusdan himoya xususiyati, sog‘ligi, boshqa infeksiyalar, irsiy omillar bo‘lishi mumkin.

OITS ning oldini olish choralari
OIV ning oldini olish choralarini har bir tibbiyot xodimi bilishi zarur:
Himoya vositalarisiz jinsiy aloqa – bu yo‘l bilan inson OIV va boshqa jinsiy a’zolarning infeksion kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin. Prezervativlar har bir jinsiy aloqa uchun alohida va to‘g‘ri ishlatilishi zarur.
Narkotik vositalarni qabul qilishda – tomir ichiga qabul qilinadigan narkotik vositalari rivojlangan mamlakatlarda OIV tarqalishida asosiy o‘rinda turadi. Bu yo‘l orqali yana gepatitning C turi ham tarqaladi. Agar ignalarni ishlatish zarurati tug‘ilsa, igna steril, avval ishlatilmagan, ochilmagan bo‘lishi kerak.
Tibbiy xodimlar — OIV bilan zararlangan kasallar bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari maxsus qo‘lqoplar, niqob, himoya ko‘zoynaklari, xalatlar bilan ishlash talab etiladi. Agarda teriga qon tegadigan bo‘lsa, darhol terini suv bilan yuvish zararlanishni oldini oladi.
Homiladorlikda – bazi antiretrovirus dorilari homilaga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun keserva kesish yo‘li bilan tug‘gan ma’qulroq. OIV bilan zararlangan ayol ko‘krak suti bilan virusni farzandiga yuqtirishi mumkin.
Psixologik – dunyodagi ko‘pchilik OIV bilan zararlangan insonlar o‘zini zararlanganliklarini oshkor etmaydilar. Natijada OIV tashxisi kechikadi. Vaqtida qo‘yilmagan tashxis og‘ir oqibatlar bilan yakunlanadi.

Bugun 2022 yil 31 may kuni Gʻijduvon tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiralari, hamshiralari ishtirokida tumandagi 63-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida OIV/OITS infeksiyasini oldini olish maqsadida, Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab- quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi uslubshunos shifokorlari A.Jamolov va I.Astanovalar ishtirok etdilar. Ma’ruzachilar OIV/OITS kasalligini kelib chiqish tarixi, etiologiyasi, kasallikni dunyoga tarqalganligi, yuqish yo‘llari, manbalari, qaysi hollarda yuqmasligi va profilaktikasi, OIV/ OITSga chalingan bemorlarni tibbiy- ijtimoiy himoyalash, hozirgacha bu kasallikning davosi yo‘qligi , sanitariya-gigiyena madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa illatlar ta’siridan asrash,maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’rifiy - ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish masalalari borasida to‘xtalib o‘tdilar.
OIV/OITS kasalligi profilaktikasi uchun birinchi galda inson o‘zida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bugungi kunda har qanday inson uchun-kattalar yoki bola,bog‘cha tarbilanuvchisi, maktab o‘quvchisi yoki talaba uchun dolzarb mavzudir.Ba’zida ota-onalar oilada farzandlariga sog‘lom turmush tarzini madaniyatini tarbiyalaydilar. Bolalar bog‘chalari, maktablar, ommaviy axborot vositalari bugungi kunda saog‘lom turmush tarzi va uning tarkibiy qismlari, jismoniy tarbiya,gimnastika va turli xil parhezlarni targ‘ib qilishga faol ishtirok etmoqda.Zamonaviy tibbiyot ko‘plab kasalliklarni davolashda sezilarni muvaffaqiyatlarga erishganiga qaramay,ko‘pincha inson tanasi dori vositalari va tibbiy choralar yordamida ham kasallik bilan kurashishda qodir bo‘lmagan hollarda kuchsiz bo‘lib chiqadi. Bunday holatlarni oldini olish uchun sog‘lom turmush tarzi asosi bo‘lgan maxsus profilaktika usullari va qoidalarni bilishingiz va ularga rioya qilishingiz kerak.
Ushbu seminarda qanday qilib sog‘lom turmush tarzini olib borish, sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish, har bir kishi o‘zi uchun mashq qilish, optimal kun tartibini yaratish va ruhiy salomatlikni saqlash bo‘yicha bir qator misollar bilan tushuntirildi.Sog‘lom turmush tarzi- bu shaxsning malakasi bo‘lib, u o‘z sog‘ligini saqlash va yaxshilash,kasalliklarni oldini olishda qaratilgan maxsus harakatlarni amalga oshirish qobiliyatidan iborat. Sog‘lom turmush tarzini olib borish qobiliyatiga ega bo‘ling- bu nima foydali va nima kerak emasligi, o‘zingizni qanday tartibda solish, to‘g‘ri kun tartibini qurish, shuningdek, maxsus muolajalarni bajarish va to‘g‘ri ovqatlantirish haqida maxsus bilimga ega bo‘lishni anglatdi.
Shu bilan bir qatorda OIV/ OITS infeksiyasi profilaktikasi borasida videoroliklar hamda taqdimotlar seminar ishtirokchilariga qo‘yib berildi. Seminar juda qiziqarli bo‘lib savol-javob tarzda o‘tdi. Savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar berildi.
Shunigdek, bugun 31-may Butun Jahon chekishga qarshi kurash kuni munosabati bilan uslubshunos shifokor A.Jamolov chekishning inson organizmiga salbiy oqibatlari , keltirib chiqaruvchi kasalliklari borasida ham keng tushuncha berib o‘tdilar.
Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab –quvvatlash va jismoniy faollligini oshirish markazi Gʻijduvon tuman bo‘linmasi