OIV va OITS.
Dunyoda insonning salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan turli xil kasalliklar bor. Ammo shunday dardlar borki, kasallik keltiradigan zarardan og‘irroq, azobliroq. Bu dard bilan chalingan insonlar qaysidir ma'noda jamiyatdan uzilib qolganday, o‘zlarini yolg‘iz qolganday his qiladi. Odamlar bu kasallik bilan chalingan bemorlardan o‘zlarini olib qochadi, kimdir rahm-shafqat ko‘zlari bilan boqadi va boshqalar esa qaysidir ma'noda ulardan nafratlanadi. Bu qaysi kasallik, deb o‘ylayapsizmi? Bu OIV va OITS.
OITS bu — odam immuniteti tanqisligi sindromidir. Bu odamning kasallanganini bildiradi.
Hozirgi vaqtda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan muammolardan biri OITS kasalligidir. OITS — bu orttirilgan immun tanqisligidir. OITS — bu XX asrning oxirida insoniyat olamida eng muhim va eng dahshatli voqea hisoblanadi. Hozirgi kunda esa XXI ASR VABOSI bo‘lib qoldi.
Ushbu kasallikda organizmni ichki va tashqi zararli ta'sir etuvchi ta'surotlardan himoya qiluvchi – immun tizimi virus ta'sirida izdan chiqadi. Odamlarni bu ofatdan saqlashda asosiy e'tiborni jamiyatimizning qadimdan odat bo‘lib kelgan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xalqimiz tomonidan qoralangan illatlar (narkomaniya, foxishabozlik, ichlilikbozlik)ni tag-tomiri bilan yo‘qotish kabi masalalarga qaratish darkor. Barchaga ma'lumki, 1-dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni. Dunyoda aql bovar qilmas darajada ko‘payib borayotgan OITS kasalligiga chalinish buxronini to‘xtatish bugunning eng muhim masalalaridan biri ekanini anglash va tushunish har bir fikrlovchi fuqarolarga taalluqlidir.
1-dekabr butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati Olmazor tuman tashkiloti tomonidan Turin politexnika universitetida tuman tibbiyot birlashmasi, SEO tuman bo‘limi hamkorligida "Dardidan ham nomi og‘ir bo‘lgan kasallik" mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda 68 nafar 3-bosqich talabalari va o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Seyeminar ishtirokchilariga mavzuga oid, video-roliklar, taqdimotlar orqali belgilangan mavzular keng yoritib berildi. Bukletlar tarqatma ashyolar taqdim etildi. Seminar savol-javoblar bilan qiziqarli o‘tkazildi.