OIST Research Internship: talabalar va bitiruvchilar uchun xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Qayerda: Yaponiya
Kim uchun: Bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar uchun
Hujjat topshirish muhlati: 2021-yilning 15-oktyabrigacha
Asosiy maʼlumot
Yaponiyada joylashgan Okinava fan va texnologiya universiteti mahalliy va xorijiy talabalarga 2 oydan 6 oygacha boʻlgan muddatda universitetda amaliyot oʻtash imkonini beruvchi OIST Research Internship dasturini taklif qiladi.
Nomzodlar taklif etiladigan tadqiqot dasturini tanlashi va oʻzi tanlagan dastur boʻyicha ariza topshirishi kerak boʻladi. Mavjud tadqiqot sohalari va ularga nechta amaliyotchi qabul qilinishi haqida BU YERDA tanishing.
Dasturning manfaatli jihatlari
Amaliyot dasturiga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- Bir ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 22 AQSH dollari) haq toʻlanadi.
- Shatl avtobus chiptasi beriladi.
- Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta olib beriladi.
- Jihozlangan bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
- Viza va sugʻurta olish uchun yordam koʻrsatiladi.
Talablar
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Oʻzbekiston sharoitida bakalavriat bosqichining oxirgi 2 yilida oʻqiyotgan yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni yaqinda bitirganlar dasturga topshirishi mumkin.
- Hozirda talaba boʻlganlar amaliyotga borishi uchun oʻz oʻquv muassasasidan ruxsat olishi kerak.
- Nomzodning akademik sohasi (oʻqiyotgan yoki oʻqigan sohasi) tanlangan amaliyot dasturiga mos boʻlishi kerak.
Hujjat topshirish jarayani
Mazkur dasturga qabul yiliga 2 marta amalga oshiriladi:
- 1-qabul uchun hujjat topshirish muhlati har yili 15-aprelgacha;
- 2-qabul uchun hujjat topshirish muhlati har yili 15-oktyabrgacha.
Hozirda 15-oktyabrgacha boʻlgan qabul uchun hujjat topshirish mumkin. Qabul qilinganlar 2022-yilning 1-apreli va 30-sentyabri oraligʻida 2 oydan 6 oygacha amaliyot oʻtashi mumkin boʻladi.
Hujjatlar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish uchun dastlab hisob (account) ochilishi kerak.
Dasturga onlayn arizani topshirishda quyidagi hujjatlar kerak boʻladi;
- CV – bir betdan oshmasligi lozim. OIST tomonidan tavsiya etilgan CV namunasini BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.
- Qiziqish bayoni (Statement of interest). Bu hujjat 400 soʻzdan oshmasligi va quyidagi jihatlarni ochib berishi kerak
– How does OIST and your desired research unit(s) fit with your current expertise and skill set? If you are interested in multiple research units, please explain your interest and fit for each briefly within one single statement.
– What do you hope to accomplish at OIST?
– How does a research internship at OIST fit into your overall career plans/aspirations? - Hozirgi oʻqiyotgan bosqichda oʻtilgan fanlardan olingan baholar va avval bitirigan bosqichdagi (bakalavr, magistratura va hk) baholar (agar bitirgan boʻlsa). Baholar ingliz tilida boʻlishi kerak.
- Tavsiyanoma. Bitta nomzod kamida 1 ta va koʻpi bilan 3 ta tavsiyanoma topshirishi lozim. Tavsiyanoma(lar) nomzodning oʻqishidan yaxshi xabardor boʻlgan ilmiy xodim (oʻqituvchi, professor va hk) tomonidan berilishi kerak.
- Nomzodning fotosurati.
Yuqoridagi hujjatlarni tayyorlab olgach, hujjat topshirishga kirishishingiz mumkin.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi eʼlon va koʻp beriladigan savollar bilan tanishib chiqing.
Kanalimizga obuna boʻling: @Grantlar