OGOHLIKKA DA'VAT
Zangori olovdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhimdir. Sababi, noto’g’ri qilingan xatti-harakat inson hayotiga xavf solishi mumkin. Bu borada viloyatimiz bo'ylab tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aholi o'rtasida profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.
Joriy yil boshidan hozirga qadar 26209 ta yerli xonadon, 5212 ta ko'p qavatli uylarda, 129 ta o'quv muassasalari, ko'ngilochar maskanlarga borib, turmushda gazdan xavfsiz foydalanish, is gazidan zaharlanishning oldini olish, gaz-havo aralashmasi, chaqnashlarni oldini olish borasida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Viloyatimiz iste'molchilarga favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishini oldini olishga qaratilgan 20243 tadan ortiq rasmli plakatlar tarqatilib, maishiy gaz ballonlariga esa suyultirilgan gazdan foydalanish bo'yicha eslatmalar yopishtirilmoqda.
Bugungi kunda fuqarolarga ma'lumot yetkazishning eng tezkor usullaridan biri telegram tarmog'ida har bir hududning alohida "Xavfsiz gaz" nomli 14 ta telegram guruhlari ochilib, unda gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etishga qaratilgan ko'rsatma va tavsiyalar, ogohlantirishlar orqali fuqarolarga ehtiyotkor, ziyrak, mas'uliyatli bo'lish kerakligi tushuntirib borilmoqda.
Albatta, har bir sohada o’z kasbiga mas’uliyat ila, ziyraklik bilan yondashish - vujudga kelishi mumkin bo’lgan har qanday xavf-xatarning oldini oladi. Zero, inson xavfsizligi barchasidan ustundir.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati