“OGAHIYNING MANGU MEROSI” TANLOVI

“OGAHIYNING MANGU MEROSI” TANLOVI


BUYUK SHOIR, TARIXCHI, TARJIMON, DAVLAT ARBOBI MUHAMMADRIZO ERNIYOZBEK O‘G‘LI OGAHIY TAVALLUDINING 216 YILLIGI MUNOSABATI BILAN XORAZM VILOYAT MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASIGA QARASHLI MAKTABLAR O‘RTASIDA OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI TASHABBUSI BILAN “OGAHIYNING MANGU MEROSI” TANLOVINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOM

 

I bob. Umumiy qoidalar

   1.1. Ushbu nizom Xorazm viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli maktablar hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilari o‘rtasida “Ogahiyning mangu merosi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda Tanlov deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.

    1.2. Tanlov ushbu nizomga muvofiq Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan tashkil etiladi.

   1.3. Xorazm viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli maktablarning hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning 6-8-sinf va  9-10- sinf o‘quvchilari ishtirok etadi.

 

II bob. Tanlovning maqsad va vazifalari

   2.1. Tanlov buyuk shoir Ogahiy ijodiy merosini keng miqyosda o‘rganish va shu asosda o‘quvchilarning o‘tmish ajdodlardan ibrat olib, ularga munosib vorislar qilib tarbiyalash, ijodiy salohiyatlarini aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etiladi.

   2.2. Tanlov quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi:

- iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yanada rivojlantirish, ijodkor o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish;

- bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish nazm, tasviriy san’at va mohir ijrochilik yo‘nalishlaridagi qobiliyatlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratib berish;

- o‘quvchilarni o‘z bilim darajasiga obyektiv baho berishga o‘rgatish.

 

III bob. Tanlovni o‘tkazish bosqichlari, muddatlari

va yonalishlari

 

   3.1. Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

- Ijodiy ishlar qabul qilish 2025-yil 2-dekabrdan 14-dekabrga sanasiga qadar davom qilinadi;

 

   3.2. Tanlovga ijodiy ishlar hamda videoroliklar mas’ul xodim @Sardor_Sadullayevv (+998 93 800 04 29) telegram manzili orqali qabul qilinadi.

   3.3. Tanlovga yuborilgan ijodiy ishlarda o‘quvchi o‘zining ismi, familiyasi, otasining ismi hamda tahsil oladigan ta’lim muassasasi va sinfi haqida to‘liq ma’lumotni google sheets orqali online to‘ldirib berishlari kerak.

   3.3. Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

- “Ogahiyga ehtirom” (nazm yo‘nalishida ijodkor o‘quvchilar, shoir ijodiyotiga hurmat ruhida yaratilgan ijodiy ish)

- “Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi” (Ogahiy she’rlaridan ifodali o‘qib, videorolik tayyorlash)

- “Ogahiy siymosi mening nigohimda” (Ogahiy ijodida tabiat tasviri bo‘yicha rasmlar tanlovi)

 

IV bob. Tanlovga taqdim etilgan ishlarni baholash

   4.1. Tanlovga taqdim etilgan ishlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

- G‘oyaning originalligi va dolzarbligi, taqdim etilgan ishlarning tanlov talablariga javob berishi;

- Taqdim qilingan ishlar tanlov mavzusiga hamda tanlov oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos kelishi.

    4.2. Nazm yo‘nalishida baholash quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi:

- Ushbu yo‘nalishda ishtirokchi o‘z iste’dodini Ogahiy siymosiga hurmat ruhida bag‘ishlov, uning g‘azaliga muxammas bog‘lashi;

- Ishtirokchi o‘z ijodida berilgan mavzu doirasida, ko‘ngil kechinmalari aks etgan bo‘lishi;

- She’riy qoidalarga amal qilgan holda fikrlarni izchillikda bayon qila olishi lozim.

 - Ijodiy ishlar imloviy xatolarsiz va plagiat (ko‘chirilgan) bo‘lmasligi kerak.

- Ushbu yo‘nalishda 6-8-sinf va alohida 9-10-sinf o‘quvchilari qatnasha oladilar. 

    4.3. Nazm yo‘nalishida baholash mezoni:

1. Ijodiy badiiy obraz yarata olganligi                                         –       10 ball

2. Berilgan mavzuni ijodiy ishida aks ettirganligi                       –       10 ball                                                                          

3. Ta’sirchanligi, estetik zavq ulasha olishi                                 –      10 ball

4. So‘z qo‘llash mahorati                                                           –       10 ball

5. She’r yozish talablariga mosligi                                            –        10 ball

        (Jami 50 ball)

    4.4. Video taqdimotlarni baholash jarayonida musiqali fon, videoeffektlardan foydalanilganligi, tomoshabinda tuyg‘u va tasavvur uyg‘ota olishi, kreativlik, ishning uslubiy jihatdan o‘ziga xosligi, badiiy va texnik darajasi ham inobatga olinadi.

   4.5. Tanlovga yuborilgan videoroliklarga qo‘yiladigan talablar: 

– videorolikning minimal hajmi – ekran kengligi 16:9, tasvir zichligi 1280х720 (HD) yoki 1920х1080 (Full HD), bitreyt 1000 кбит/с;

– videorolikning maksimal davomiyligi – 2-5 daqiqa. (hajmi 50-100 mb);

– videorolik tasvirida muallifning bevosita ishtiroki shart.

– videorolikni suratga olish va montaj jarayonida maxsus dastur va uskunalardan foydalanish ishtirokchi (ijodiy ish muallifi)ning ixtiyoriga havola etiladi;

- ushbu yo‘nalishda 6-8-sinf va alohida 9-10-sinf o‘quvchilari qatnasha oladilar. 

   4.6. Videorolik yo‘nalishida baholash mezoni:

1. Ijodiy ishning texnik talablarga mosligi (belgilangan formatda yuborish, tasvirning tiniqligi, sifati)                             – 10 ball

2. O‘qilgan g‘azalning obrazliligi                        – 10 ball

3. Ijrodagi ifodalilik                                             – 10 ball

4. Ijrochining mavzu tanlash mahorati                  – 10 ball

5. Sahnaviy bezak va detallarning mos kelishi       – 10 ball                                                         

(Jami 50 ball)

  4.7. Tanlovga yuboriladigan rasmlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

 - formati - A3;

 - akvarel bo‘yoqda yoki guashda ishlanishi lozim;

 - ishning to‘g‘ri joylashtirilganligi;

 - mazmunning ochib berilishi;

 - ish bosqichlarining to‘g‘ri olib borilganligi;

 - ishning tugallanganligi.

 - ushbu yo‘nalishda 6-8-sinf va alohida 9-10-sinf o‘quvchilari qatnasha oladilar

    4.8. Tanlovga taqdim qilinadigan rasmlar sifatli qilib suratga (JPEG fayl) olinib mas’ul xodim @Sardor_Sadullayevv (+998 93 800 04 29)  telegram manzili orqali qabul qilinadi.

    4.9. Rassomchilik yo‘nalishida baholash mezoni:

1. akvarel bo‘yoqda yoki guashda ishlanishi          – 10 ball

2. mazmunning ochib berilishi                             – 10 ball

3. ish bosqichlarining to‘g‘ri olib borilganligi      – 10 ball

4. ishning to‘g‘ri joylashtirilganligi                     – 10 ball

5. ishning tugallanganligi                                      – 10 ball                                                         

(Jami 50 ball)

 

V bob. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi

   5.1 Tanlovni o‘tkazish uchun hakamlar hay’ati tanlov yo‘nalishlariga muvofiq Agentlik tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan tashkil etiladi.

   5.2 Ijodiy ishlar hamda videoroliklar tanlov nizomi va mezonlari asosida baholanadi.

    5.3. Hakamlar hay’ati qarori jamoaviy ravishda qabul qilinadi. (Ro’yxat ilovada)

VI bob. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

   6.1. Tanlov g‘oliblarining natijalari 2025-yil 16-dekabr kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining telegramdagi rasmiy kanalida (t.me/Ogahiy_ijod_Maktabi) e’lon qilinadi

    6.2. Tanlovda eng yuqori natija ko‘rsatgan Xorazm viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli maktablar alohida tartibda yosh chegarasi bo‘yicha har bir yo‘nalishda 3 nafar ishtirokchilari DIPLOM va sovg‘alar bilan taqdirlanadi.


 

Report Page