OFFERTA MARS NAVRUZ UZ

OFFERTA MARS NAVRUZ UZ


“Navro’zni Mars shirinliklari bilan kutib olamiz!” aksiyasida ishtirok etish shartlari


Mars Kompaniyasi tomonidan o’tkazilayotgan sovg’alar o’ynatilishida ishtirok etish shartlari:

1.      “Snickers minis®”, “Mars minis ®”, “Bounty minis ®”, “Twix minis ®” va “Milky Way minis ® shirinliklarini xarid qilish

2. Botdan ro’yxatdan o’tish va bizning konfetlarimiz ishtirokida bezatilgan dasturxoningiz fotosuratini yuklash

*Aksiyada Mars Kompaniyasining barcha turdagi konfetlari ishtirok etadi.

Aksiya davomida siz har bir konfet turidan 0,5 kg dan tasvirlangan 5 tagacha fotosurat jo’natishingiz mumkin.

Bitta fotosurat bitta o’yinda ishtirok etadi. O’yin o’tib bo’lganidan so’ng, dushanba kuni barcha jo’natilgan fotosuratlar kuyadi. Keyingi o’yinda takror ishtirok etish uchun, boshqa shirinliklarni xarid qilish va Mars Kompaniyasi konfetlari ishtirok etgan yangi fotosuratni yuborish lozim bo’ladi.**.

Umumiy shartlar:

·              Aksiya nomi: «Navro’zni Mars shirinliklari bilan kutib olamiz!» (keyingi o’rinlarda – «Аksiya»).

·              Aksiya lotoreya hisoblanmaydi, unda ishtirok etish Ishtirokchilarning pul mablag’lari tikilishini talab qilmaydi va risklarga asoslanmagan.

·              Aksiyada ishtirok etish majburiy emas.

·              Aksiya bo’lib o’tadigan umumiy muddat: 2019 yilning 01 martidan 2019 yilning 21-martigacha**.

·              Aksiya o’tadigan hudud: O’zbekiston Respublikasi.

·              Aksiya tashkilotchisi: «Bakiev T.S.» XT. «Mars» TOOning ishonchli vakili.

·             Tashkilotchi ushbu shartlarga o’zgartirish kiritish huquqini o’zida qoldiradi va kiritilgan o’zgartirishlarni albatta Telegram-botda e`lon qilib boradi.

·              AKSIYA ISHTIROKCHISINING AKSIYANING @snickers_uzbot TELEGRAM-BOTIDAN RO’YXATDAN O’TISHI, AKSIYA ISHTIROKCHISINING USHBU QOIDALAR BILAN TANISHGANINI VA UNING SHARTLARIGA TO’LIQ VA HECH QANDAY SHARTLARSIZ ROZI EKANLIGINI ANGLATADI.

          Tanlovda umumiy shartlar asosida 12 yoshdan katta bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda voyaga yetmagan shaxslarning ishtirok etishi, O’zbekiston Respublikasida belgilangan qonunchilikka asosan, ularning qonuniy vakillari orqali amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganlar Aksiyada ishtirok etishlari uchun ularning ota-onalaridan birining yoki ularning qonuniy vakillarining roziligi hamda sovg’alarni olayotgan vaqtda ularning shaxsan ishtirok etishlari kerak bo’ladi. 

Aksiyada ishtirok etish uchun @Snickers_uzbot Telegram-botiga kirish, , undan ro’yxatdan o’tish (telefon raqami bilan o’rtoqlashish) va Mars kompaniyasining shirinliklari tasvirlangan taom fotosuratini jo’natish lozim bo’ladi.

Ishtirok etish shartlari.

Aksiyada ishtirok etish uchun, quyidagilarni amalga oshirish kerak:

·              «Telegram» ijtimoiy tarmog’ida @Snickers_uzbot o’yin botidan ro’yxatdan o’tish.

·              Mars kompaniyasi konfetlarini xarid qilinganligini tasdiqlovchi va shirinliklar yordamida bezatilgan taomni fotosuratga olib jo’natish.

·              Aksiya ishtirokchisining shaxsiy ID raqamini olish. Uning yordamida Ishtirokchi “Aksiya” o’yin fondidagi sovg’alar o’ynatilishida ishtirok eta oladi.

·              Agar tanlov shartlarining barchasi to’g’ri va o’z vaqtida bajarilgan bo’lsa, Ishtirokchi uning ID raqami o’yinda ishtirok etish uchun qabul qilingani to’g’risida xabar oladi. Ishtirokchi o’yin o’tkaziladigan kun kelishini va uning natijalari @ Snickers_uzbot Telegram-botida e’lon qilinishini kutishi lozim.

Quyida Aksiyada ishtirok etadigan mahsulotlar ro’yxati keltirilgan:

Mars Kompaniyasining kilolab sotiladigan quyidagi konfetlari (minis)

·       Snickers minis

·       Mars minis

·       Bounty minis

·       Twix minis

·       Milky way minis

·       Milky way choco minis


G’olibni aniqlash tartibi

Har hafta g’oliblari tasodifiy raqamlar generatori «randomlists.com» xizmati yordamida aniqlanadi.

Sovg’alar o’ynatilishi har hafta, dushanba kunlari 15:00 da 2019 yilning 11, 18 mart kunlarida o’tkaziladi va unda 3 tadan termopod o’ynatiladi. 21 03.2019 sanada biz ikkita termopod va muzlatgich o’ynatamiz*

Har bir o’yinda, o’yin o’tkazilayotgan kun 12:00 dan kechiktirilmay jo’natilgan fotosuratlar ishtirok etadi. 12:00 dan keyin jo’natilgan fotosuratlar – keying hafta o’yinida ishtirok etadi.

Har bir o’yinga Ishtirokchidan 5 tagacha Mars Kompaniyasi shirinliklari xaridini tasdiqlovchi va ushbu shirinliklar tasvirlangan fotosuratlar qabul qilinadi.

Aksiyaning sovg’a fondi.

Aksiyaning sovg’a fondi quyidagilardan iborat:

* 1 ta Samsung firmasining RB 29FSRNDSA

* 8 ta termopotlar Artel TE 610

Sovg’alarni olish tartibi.

·        Sovg’alar G’olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan va ular ro’yxatdan o’tganda ko’rsatilgan ma`lumotlar bilan to’liq mos kelganda taqdim etiladi.

·        Sovg’alar Aksiya tugagan sana 21.03.2019 yildan 15 ish kunidan kechiktirilmagan holda taqdim etiladi. Sovg’ani taqdim etishning so’nggi kuni – 15 aprel 2019 yil.

·        G’olib jismoniy shaxslarning foyda solig’ini mustaqil ravishda to’lashni o’z bo’yniga oladi.

·        Sovg’ani rasmiylashtirish/olish vaqtida G'olib, uni rasmiylashtirish bilan bog’liq bo’lgan, uning shaxsiy ma`lumotlari ko’rsatilgan barcha hujjatlarni imzolashni o’z bo’yniga oladi.

·        Aksiya G’olibining kerakli hujjatlarni imzolashdan bosh tortishi va/yoki boshqa yuridik kuchga ega harakatlarni amalga oshirishi, jumladan sovg'ani qabul qilib olishda talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi, G'olibning sovg'ani qabul qilib olishni rad etishi kabi baholanadi.

·        Tashkilotchi G‘olibning biror bir harajatlarini, jumladan sovg‘ani olib ketish uchun sarflaydiyan transport yoki boshqa harajatlarini qoplab berishni o‘z bo‘yniga olmaydi.

·       Tashkilotchilar agar G‘olib sovg‘ani qabul qilib olish tartibida ko‘rsatilgan bandlarning birortasini buzsa, unga sovg‘ani taqdim etmaslik huquqini o‘zida qoldiradi.

      Sovg‘ani olish uchun  Aksiya g‘olibi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportining asl nusxasi;

STIR (ИНН);

JBPD (ИНПС);

Ishtirokchining, sovg‘a narxi O‘zR SK 186-moddasiga asosan, jismoniy shaxsning qo‘shimcha daromadi deklaratsiyasiga kiritilishi to‘g‘risida ogohlantirilganligi to‘g‘risida arizasi.


Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgar emas:

Sovg‘alarni taqdim etish uchun kerak bo‘lgan ma‘lumotlarni/hujjatlarni, Istirokchilarning o‘z aybi yoki Ishtirokchilarning va/yoki Tashkilotchilarning istagiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra, o‘z vaqtida olinmasligi;


Aksiya g‘oliblari tomonidan, sovg‘alarni qabul qilib olish Tartibida ko‘rsatilgan o‘z majburiyatlarini bajarilmasligi (o‘z vaqtida bajarilmasligi);


Aksiya G‘oliblari tomonidan Sovg‘alarni o‘z vaqtida olib ketilmasligi yoki ulardan bosh tortish holatlarida.

     Tanlovda ishtirok etgan Ishtirokchilar, ularning o‘z ixtiyori bilan taqdim etilgan barcha ma‘lumotlar, shu jumladan Tanlovda ishtirok etish uchun yuborilgan va sovg‘alar taqdimoti vaqtida olingan fotosuratlar, Tashkilotchi tomonidan, shu jumladan reklama maqsadida, ishtirokchilardan qo‘shimcha ruxsat olmagan holda va ular uchun hech qanday mablag‘lantirishlarsiz ishlatilishiga rozilik beradilar.

· Sovg‘alarni taqdim etish manzili: Toshkent sh. Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 84 A.

**Fotosuratlar 1 mart kuni 00:00 dan qabul qilina boshlanadi. 

Report Page