"ODAM SAVDOSI DAVR MUAMMOSI"DOlZARB MASALA SIFATIDA.

"ODAM SAVDOSI DAVR MUAMMOSI"DOlZARB MASALA SIFATIDA.

Psixolog..Асhilova Nigina

Joriy yilning 6-may kuni Pedagogika fakulteti Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalari o'rtasida “Odam savdosi davr muammosi" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq muloqotda Buxoro shaxar IIOFMB 1-son IIB XPB profilaktik inspektori letinant Z.R.Raxmonova hamda Psixologiya ta'lim yo'nalishi o'qituvchilari tyutorlar M.Muradova,N.Achilova,F.Olimova va 70 nafar talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Yig'ilishda Buxoro shaxar IIOFMB 1-son IIB XPB profilaktik inspektori letinant Z.R.Raxmonova so'zga chiqib odam savdosi butun dunyo ham jamiyatini tashvishga solayotgan jiddiy muammoga aylanganligi uning ko'lami kundan kunga kengayib, ortib borayotgani aytib o'tildi. Fuqarolarning chet ellarga noqonuniy ravishda chiqib ketishlari, ularning norasmiy yo'llar bilan firibgar vositachilar yordamida ish topib, qalbaki hujjatlar rasmiylashtirishi, noma'lum odamlarga pasport va boshqa shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini topshirib qo'yishlari ularning tom ma'noda qulga aylanib qolishlariga sabab bo'lmoqda. Shu bilan birga, fuqarolarni chet mamlakatlarda bo'lish vaqtida yashab va ishlab turgan davlat qonunchiligi, mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida amal qilinishi lozim bo'lgan qoidalarni bilmasliklari ayanchli oqibatlarga olib kelishi , ayniqsa, borgan yurtlari tilini bilmasligi, muayyan kasb va malakaga ega bo'lmasligi, aksariyat odamlarning o'z haqqini talab qila olmasligi og'ir mehnat sharoitlarida qul sifatida ekspluatatsiya qilinishlariga sabab bo'lishi aytib o'tildi.

Shu boisdan yuqoridagi kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida “Odam savdosi - davr muammosi” loyihasi doirasida targ'ibot guruhlari tashkil etilib, Buxoro viloyati IIB, uning hududiy bo'limlari va boshqa aloqador tashkilot vakillari tomonidan yoshlar orasida odam savdosiga qarshi tushuntirish ishlari olib borilmoqda.



Report Page