ODAM SAVDOSI DAVR MUAMMOSI DOlZARB MASALA SIFATIDA.

ODAM SAVDOSI DAVR MUAMMOSI DOlZARB MASALA SIFATIDA.

Psixolog..Асhilova Nigina

23 may kuni Pedagogika fakulteti tyutori N.Achilova va 4-4 psi 19 guruh talabalari ishtirokida "Odam savdosi davr muammosi"mavzusida suhbat o'tkazildi.

Sayyoramizda bir qator global muammolar borki, bular sirasiga bevosita odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin. Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo'layotganlar soni ortib bormoqda.

Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Odam savdosidek og'ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch ko'rinishga ega. Aytish lozimki, bugungi kunga kelib odam savdosining avj olishiga, ya'ni insonni qandaydir bir buyum sifatida, ta'bir joiz bo'lsa insonni oldi-sotdining ob'ekti sifatida foydalanilishi, ularning huquq va erkinliklarining poymol etilishiga quyidagilar sabab bo'lmoqda.Odam savdosi kabi noqonuniy faoliyat turi bir yoki bir necha a'zolardan iborat guruhlarning serdaromad manbasiga aylanib borayotgani, ya'ni ularning hech qanday og'ir va mashaqqatli mehnatlarsiz mo'may daromad olishga urinayotganligi odam savdosining qurboniga aylanayotgan shaxslarning soddaligi, o'zining, yaqinlarining taqdiriga va kelajagiga befarqligi, loqaydligida. Ya'ni eng oliy ne'mat hisoblanmish erkin hayot tushunchasiga nisbatan engil va beparvolik bilan qarashlari oqibatida ushbu odam savdosini amalga oshiruvchi jinoyatchilarning o'ljasiga, aniqrog'i ularning oson daromad manbaiga aylanib qolmoqdalar.

Report Page