"ODAM SAVDOSI-DAVR MUAMMOSI"

"ODAM SAVDOSI-DAVR MUAMMOSI"

18.10.2021October 19, 2021

Kuni kecha Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti 1-1 ATT-21-guruh talabalari bilan guruh rahbari S.Salimov o’rtasida ekstrimistik oqimlar, missionerlik, aqidaparastlik, “Ommaviy madaniyat” bilan bog’liq mafkuraviy tahdidlarning oldini olishga, ularning salbiy oqibatlarini ochib berish maqsadida "ODAM SAVDOSI-DAVR MUAMMOSI" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatini Axborot texnologiyalari kafedrsi professor-o`qituvchisi S. Salimov kirish so`zi bilan ochib berdi: Sayyoramizda bir qator global muammolar borki, bular sirasiga bevosita odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin. Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo'layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Odam savdosidek og'ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch ko'rinishga ega.                                             

Aytish lozimki, bugungi kunga kelib odam savdosining avj olishiga, ya'ni insonni qandaydir bir buyum sifatida, ta'bir joiz bo'lsa insonni oldi-sotdining ob'ekti sifatida foydalanilishi, ularning huquq va erkinliklarining poymol etilishiga quyidagilar sabab bo'lmoqda:

odam savdosi kabi noqonuniy faoliyat turi bir yoki bir necha a'zolardan iborat guruhlarning serdaromad manbasiga aylanib borayotgani, ya'ni ularning hech qanday og'ir va mashaqqatli mehnatlarsiz mo'may daromad olishga urinayotganligi;

odam savdosining qurboniga aylanayotgan shaxslarning soddaligi, o'zining, yaqinlarining taqdiriga va kelajagiga befarqligi, loqaydligida. Ya'ni eng oliy ne'mat hisoblanmish erkin hayot tushunchasiga nisbatan engil va beparvolik bilan qarashlari oqibatida ushbu odam savdosini amalga oshiruvchi jinoyatchilarning o'ljasiga, aniqrog'i ularning oson daromad manbaiga aylanib qolmoqdalar;

odam savdosini amalga oshiruvchi jinoyatchi shaxslar o'zlarining tanishlari, yaqin qarindoshlariga nisbatan, ya'ni ularning ishonchiga kirib olib, ularning odam savdosini qurboniga aylanib qolishiga sababchi bo'layotganligida;

odam savdosining qurboniga aylanayotgan shaxslarning or-nomus qilib, ko'rgan xo'rliklari, ularga nisbatan ishlatilgan turli xildagi jismoniy yoki ruhiy tazyiqlar haqida yohud o'zining noqonuniy ravishda chegarani buzib chiqib, chet davlatda hech qanday davlat ro'yxatidan o'tmasdan, noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirganligidan qo'rqib bular haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etmasligi.

O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 17 aprelda qabul qilingan "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan bo'lib, ushbu qonun yanada takomillashtirish va hozirgi zamon talablariga moslashtirish maqsadida unga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri 2020 yil 17 avgustda qabul qilindi. 

Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish zarurati bugungi kunda odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish va ularga yordam berish masalalariga doir aniq qoidalar tartibga solinmaganligi hamda voyaga etmaganlarning savdosiga qarshi kurashishni o'ziga xos xususiyatlari, shu jumladan, identifikatsiya qilish, yordam berish va himoya qilishning huquqiy maqomi aniq belgilash bilan izohlanadi.                                        

Yangi tahrirdagi Qonunda ana shu jihatlar e'tiborga olingan. Jumladan, sohaga oid asosiy tushunchalar va tamoyillar, uni davlat tomonidan tartibga solishga oid normalar, vakolatli davlat organlari, Milliy komissiya, hududiy komissiyalar va Milliy ma'ruzachiga oid me'yorlar aniq belgilangan. 

Davra suhbati yakunida S. Salimov talabalarga diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash – bugunning dolzarb vazifasi ekanligi, hozirgi kunda butun dunyoda terrorizmga qarshi kurash olib borilayotganligi haqida so‘z yuritildi. Dars davomida talabalar ekstremizm, missionerlik, aqidaparaslik kabi tushunchalarning salbiy oqibatlari haqida xulosalar chiqarishdi.  





Report Page