“OBOD” MAHALLA DASTURI AMALDA

“OBOD” MAHALLA DASTURI AMALDA


2021 - 2022 yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, uni betalofat o’tkazish, shuningdek, tabiiy gaz iste’molchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti chilangarlari tomonidan mahallalardagi gaz taqsimlash punktlari ta’mirlanib, bo’yoqlanmoqda. “Obod” mahalla dasturi doirasida “Bog’obod” MFYdagi 1 dona ma’nan eskirgan gaz taqsimlash qurilmasi yangisiga almashtirildi. 5 ta gaz taqsimlash punkiti mukammal ta’mirlandi, 2 kmga yaqin gaz quvurlari tozalandi va bo’yoqlandi.

“Uchtepatumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tasarrufida jami 1060 kilometr gaz quvurlari mavjud boʻlib, shundan oʻrta bosimdagi gaz quvurlari 104 kilometrni tashkil qiladi. Past bosimdagi gaz quvurlari 956 kilometrdan iborat. Yer osti gaz quvurlari 201 kilometr, yer usti gaz quvurlari esa 663 kilometrdan iboratdir.

Uchtepa tumanidagi aholi isteʼmolchilariga jami 252 dona gaz taqsimlash punktlari orqali tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Bugungi kungacha 242 ta gaz taqsimlash punktlari texnik taftishdan oʻtkazilib, boʻyoqlandi. 2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida belgilangan rejaga asosan 12 ta GRP mukammal ta’mirlandi. Yer usti gaz quvurlarini boʻyash ishlari 7,2 kilometrni tashkil qilgan bo’lsa, chilangarlarimiz tomonidan 8,35 kilometr bo’yoqlandi. Tabiiy gaz iste’molchilarimizga bir maromda gaz yetkazib berish maqsadida tinimsiz ishlayotgan soha xodimlarining mehnati tahsinga sazovordir. Har bir qilinayotgan amaliy ish zamirida inson manfaati yotadi.

 

✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

Report Page