Oʼzbek charm-poyabzal mahsulotlari Markaziy va Janubiy Osiyo bozorlarida

Oʼzbek charm-poyabzal mahsulotlari Markaziy va Janubiy Osiyo bozorlarida

"O'zcharmsanoat" uyushmasiMarch 14, 2023

Qozogʼistonning Olma-Ota shahrida boʼlib oʼtayotgan “Central Asia Fashion” xalqaro koʼrgazmasida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar qator manfaatli kelishuvlarga erishdi.

Oyiga 200 ming kv.metr yarim tayyor charm mahsulotlari Hindiston bozoriga yetkazib beriladi. “Ulkan Laziz” MChJ tomonidan erishilgan ushbu eksport shartnomasi kelgusi oydan kuchga kiradi. Endilikda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yarim va tayyor charm mahsulotlar Janubiy Osiyo bozorlariga yetkazib berilishi boshlanadi. Shuningdek, mahalliy korxona Qozogʼistonning Аtыrau viloyatidagi kompaniyalar bilan 3 mln.dollarlik eksport shartnomasini imzoladi. 5 yilga moʼljallangan ushbu eksport kelishuvi mobaynida korxona Аtыrau viloyatiga maxsus poyabzallar, tayyor charm va poyabzal mahsulotlarini yetkazib beradi.

 Toshkent viloyatidagi “Leather Apparels” korxonasi esa Rossiyalik distrbyutorlar bilan 400 dona charm kiyimlarni xaridi boʼyicha kelishuvga erishdi. Korxona mart oyining oxiridan mahsulotlarni yetkazib berishni boshlaydi.

Аndijondagi KFK korxonasi esa Qozogʼiston yengil sanoat uyushmasi bilan 3 mln.dollarlik shartnomani qoʼlga kiritdi. Ushbu kelishuvga asosan mahalliy korxonamiz Qozogʼiston bozoriga bolalar, yerkaklar poyabzallarini yetkazib berishni boshlaydi.

Shuningdek, “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Qozogʼiston yengil sanoat uyushmasida boʼlib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish yuzasidan muzokaralar oʼtkazdi. Uchrashuvda charm- poyabzal va moʼyna sohasida Oʼzbekiston tajribasini oʼrganish, yangi qoʼshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Joriy yilning may oyida Qozogʼiston korxonalari uchun mamlakatimizga biznes-tur tashkil etishga kelishib olindi.

Shuningdek, 5-7 aprelь kunlari Toshkentda boʼlib oʼtadigan “UzCharmExpoShoesEurAsia-2023” 14-xalqaro koʼrgazmasida ikki davlat korxonalari oʼrtasida kooperatsiyani rivojlantirish boʼyicha muzokarlar oʼtkazilishi belgilab olindi.



Report Page