Odamlarning yaxshi yashashi uchun eng zarur manbalardan biri – bu energiya

Odamlarning yaxshi yashashi uchun eng zarur manbalardan biri – bu energiya

@eduuz

Ma’lumki davlatimiz rahbari raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda barcha oliygohlarda 2022-yilning o‘zida tejamkor energiyadan foydalanishni joriy qilish topshirilgan edi.

Ushbu topshiriq amaliy ijrosi o‘laroq 28-29-iyul kunlari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi binosida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini aholi va iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etilishini kengaytirish choralari” mavzusida Ishchi guruhi yig‘ilishi va Respublika ochiq ko‘rgazmasi tashkil etildi.

300 ga yaqin ishtirokchilar qatori Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligida oliy ta’lim muassasalari mas’ullari mazkur ko‘rgazmada quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi 20 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarining 200 dan ortiq mahsulotlari bilan yaqindan tanishdi.

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash barcha ishlarda ustuvor tamoyil etib belgilangan. Odamlarning yaxshi yashashi uchun eng zarur manbalardan biri esa bu energiya. Bugungi kunda yurtimizda 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasiga qo‘shimcha talab bor. Kelgusi besh yilda esa bu ehtiyoj 10 milliard kilovatt soatga oshishi kutilmoqda.

Shuningdek, hisob-kitoblarga ko‘ra, bir yilda O‘zbekistonda 10 milliard dollarlik elektr va gaz iste’mol qilinadi. Misol uchun, o‘tgan yili energiya resurslariga Suv xo‘jaligi vazirligi 3 trillion so‘m, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimlari 200 milliard so‘mdan byudjet mablag‘larini sarflagan. Bu esa o‘z navbatida barcha vazirlik va idora, hokimlik, mahalla binolarini ham muqobil energiyaga o‘tkazish vaqti kelganligini ko‘rsatmoqda.

Ta'kidlash joizki, ko‘rgazma yakuniy natijalariga ko‘ra qariyb 300 milliard so‘mga yaqin shartnomalar imzolanishiga erishilgan bo‘lsa, shundan xususan 60 ta oliy ta’lim muassasasi tomonidan 4 600 kVt soat quyosh foto elektrik qurilmalariga  buyurtma berildi.

Report Page