Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi talabalar uchun “Ta’lim granti”ni e’lon qiladi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi talabalar uchun “Ta’lim granti”ni e’lon qiladi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi | Союз молодёжи Узбекистана | Uzbekistan Youth Union

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash, munosib taʼlim-tarbiya olishida koʻmaklashish, ularning ijtimoiy moslashuvini taʼminlash, iqtidori va faolligini ragʻbatlantirish maqsadida “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi taʼlim granti” loyihasini eʼlon qiladi.

Loyihada oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar belgilangan talablar asosida ishtirok etishlari mumkin.

Loyiha ishtirokchilari oliy taʼlim muassasasida oʻqishi uchun belgilangan bir yillik toʻlov-shartnoma mablagʻining 50 foizigacha boʻlgan miqdordagi grantga ega boʻlishadi.

Loyihada ishtirok etishni istagan talabalarning ariza va anketalari joriy yilning 20-fevralidan 5-mart kuniga qadar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlarida qabul qilinadi.

Loyiha toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni www.yoshlarittifoqi.uz sayti yoki Ittifoqning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali olishingiz mumkin.


O'zbekiston Yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasi

© O'zbekiston yoshlar ittifoqi

Report Page