Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida mahalliy tadbirkorlar Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida o’tkazilayotgan “MedExpo Kyrgyzstan 2023” Xalqaro koʻrgazmas…

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida mahalliy tadbirkorlar Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida o’tkazilayotgan “MedExpo Kyrgyzstan 2023” Xalqaro koʻrgazmas…



“MedExpo Kyrgyzstan 2023” Xalqaro ixtisoslashtirilgan sogʻliqni saqlash koʻrgazmasi Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida 4-6 aprel kunlari o‘z ishini boshladi. Ushbu tadbirda Oʻzbekistondan 11 ta kompaniya ishtirok etmoqda.

Qirg‘iziston Respublikasida har yili o‘tkaziladigan sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasida ilg‘or texnologiyalar va sohadagi eng so‘nggi yangiliklar namoyish etiladi.


Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida O‘zbekistonning dori vositalari ishlab chiqaruvchi qator kompaniyalari “Made in Uzbekistan” yagona milliy stendida tibbiy texnika va asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiyot buyumlari kabi mahsulotlarininig keng assortimentini taqdim etmoqda, shunigdek, sohadagi kashfiyotlar va sanoatdagi yangiliklar bilan tanishmoqda.

"MedExpo Kyrgyzstan 2023" ko‘rgazmasi tibbiyot muassasalari xodimlari, yetkazib beruvchilar, dilerlar, shuningdek, zamonaviy tibbiy asbob-uskuna, dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘rtasida tajriba almashish maydonidir. Bundan tashqari, xalqaro bozorni baholash, istiqbolli shartnomalar tuzish uchun va investitsiyalar kiritish uchun qulay imkoniyat hisoblanadi.



На международной специализированной выставке здравоохранения "MedExpo Kyrgyzstan 2023", проходящей 4 - 6 апреля в г. Бишкек, принимают участие 11 компаний из Узбекистана.

На главной ежегодной выставке здравоохранения в Кыргызской Республике демонстрируются передовые технологии и последние достижения в этой отрасли. 


При поддержке Агентства продвижения экспорта на едином национальном стенде «Made in Uzbekistan» компании из Узбекистана - производители медицинской техники и оборудования, медикаментов, изделий медицинского назначения, лекарственных препаратов, представляют широкий ассортимент своей продукции, знакомятся с открытиями в индустрии, новинками в отрасли.

«MedExpo Kyrgyzstan 2023» для узбекских компаний - место обмена опытом между работниками медицинских учреждений, поставщиками, дилерами и производителями современного медицинского оборудования, инструментов, лекарственных препаратов и продукции медицинского назначения, это отличная возможность для оценки рынка, заключения перспективных контрактов и вложения инвестиций.



Report Page