Oʻzbekiston arsenallarini yangilamoqda

Oʻzbekiston arsenallarini yangilamoqda

Sanjar Saliyev : Uz Air Force

Post UzAirForce kanali uchun tayyorlandi !

Ayni paytda butun dunyo urushlarga toʻlmoqda va mamlakatlar qayta qurollanishni boshlab yuborishdi. Bunday katta qurollanish oxirgi marta sovuq urush davridagina boʻlgandi. Hozirda barcha mamlakatlar oʻz qurolli kuchlari uchun yangi texnikalar sotib olib, borlarini modernizatsiya qilish bilan band. Bu qurollanish poygasi Markaziy Osiyoni ham chetlab oʻtmadi. Shu jumladan mintaqaning bir qismi boʻlgan Oʻzbekistonni ham. Bu postda men sizga Oʻzbekistonning yangi sotib olgan qurollari va sotib olishni rejalashtirayotganlari haqida maʼlumot berishga harakat qilaman.

Avvaliga Oʻzbekistonning qabul qilgan qurollari haqida gaplashamiz.

Bayraktar TB2

Oʻzbekistonning Bayraktar TB2 dronlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yil noyabr oyida Surxondaryodagi harbiy qismga tashrifi chogʻida Oʻzbekistonning zarbdor dronlari ilk marotaba namoyish qilindi. Bu dronlarning namoyish qilinishiga sabab Tolibonning Qoʻshtepa kanali qurulishidagi oʻzboshimchaliklariga qarshi tura olishimizni isbotlashdan iborat edi. Oʻzbekiston HKda qancha TB2 borligi maʼlum emas, eng kamida 4 ta TB2 parkimizda mavjud yana Turkiya bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda Bayraktar dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurulishi haqida gaplar ham mavjud lekin bu gaplar hali oʻz tasdigʻini topmadi. Dronning xususiyatlari haqida maʼlumotni bu yerda oʻqishingiz mumkun.

Wing Long

Wing Long
Wing Long

Prizidentning harbiy qismga tashrifi davomida Xitoyda ishlab chiqarilgan Wing Long dronlarini ham koʻrishimiz mumkin. Oʻzbekistonning bu dronlarni qabul qilgani haqida 2014-yildayoq maʼlumotlar chiqgandi. Lekin bu tasdigʻini 2023-yil oxirida, yani 9 yil oʻtibgina topdi. Dron razvedka va zarba berishga ixtisoslashgan. Kamida bitta dron qurollanishga qabul qilingan. Batafsil xarakteristikasini bu yerda oʻqishingiz mumkun.

Sky Striker

Sky Striker

Ushbu kamakizde dronining Oʻzbekistonda mavjudligi oldindan maʼlum edi. Dron Isroilda ishlab chiqarilgan, Ozarboyjonning Armanistonga qarshi Qorabogʻdagi urushida keng qoʻllanilgan. Dron Markaziy Osiyo uchun begona emas sababi, qoʻshnimiz Turkmanistonda bu dron anchadan beri qoʻllanishda. Dronning xarakteristikasini bu yerda oʻqishingiz mumkun.

Prizident tashrifi davomida yana bir qancha dronlar koʻrildi xususan Orlan 10, RQ-20, Lochin shuningdek Eronning Shaxed 136 kamakizdesiga oʻxshovchi dron va katta extimol bilan Polsha bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan VM-1 dronlari namoyish etildi.

Oʻzbekiston HK va HHM dagi bizga maʼlum yangi dronlarimiz shular. Endi esa bizda shunday dronlarga qarshi qanday tizimlar borligini koʻrib chiqamiz.

Rex 2

Rex 2 Anti dron system

Rex 2 Rossiyada ishlab chiqarilgan anti dron tizimi. Kichik hajmdagi dronlar va kamakizade dronlariga qarshi turishga moslashgan tizim. Yengil, samarali va foydalanishda xavfsiz. Dron boshqaruvi va ma'lumotlar uzatish kanalini, shuningdek, sun'iy yo'ldosh signalini bostiradi. Dronni operator bilan aloqasini uzib, uni SNS signali (GPS, GLONASS, Galileo, BeiDou) bo'yicha harakatlanish qobiliyatidan mahrum qilib zararsizlantiradi, ixcham o'lchamli va engil REX-2 og'irligi faqat 3 kg. Bu o'z sinfidagi eng engil qurilma. Foydalanish qulayligi REX-2 bir tugmani bosish orqali faollashtiriladi. Dasturiy ta'minot bilan belgilangan modullar ma'lum chastota diapazonlarini bostirish signalidan chiqarib tashlashga imkon beradi. Oʻrnatilgan batareya bilan 3 soat tinimsiz ishlay oladi. Taʼsir masofasi 5 km. Bu tizim boshqalariga qaraganda ishonchli buni biz 9-may Gʻalaba paradida Putinni askarlar aynan mana shu antidron tizimi bilan qoʻriqlaganidan ham bilishimiz mumkin.

EAS-1 "FOWLER"

Ushbu antidron tizimi Oʻzbekistonning milliy maxsuloti hisoblanadi. Bu tizim Turkiyda IDEF-2023 koʻrgazmasida ham namoyish etildi. Lekin tizimning xarakteristikasi haqida maʼlumot umuman yoʻq.

M141 ( SMAW-D)

M141
M141

Ushbu qurol bunker va dushmanning kuchli mudofaalangan inshootlari, zirxli texnikalari va tanklariga qarshi ishlatiladi. Tizim ancha yengil 7.1 kg zarar masofasi 1 km.dan oshadi ( bu turdagi qurollar uchun normal ). Tizimdan Ukraina armiyasi ancha vaqtdan beri foydalanadi.

Bu qurollardan tashqari turli milliy maxsulotlar bilan armiyamiz yil davomida taʼminlandi.

Endi qabul qilishimiz mumkin boʻlgan qurollar bilan tanishamiz.

Rafale

Rafale

Fransiya prizidenti Emanuel Makronning Samarqandga tashrifidan soʻng Oʻzbekiston Fransiyadan 24 ta Rafale qiruvchilarini olishi mumkunligi haqida habarlar tarqaldi. Maʼlumotlarga koʻra Fransiya tarafi muqobil sifatida Mirage 2000 samaliyotlarini ham taklif qilgan. Rafale oʻz turidagi eng yaxshi samaliyotlardan biri hisoblanadi. Agar ushbu loyixa amalga oshsa Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib NATO standartidagi qiruvchini qabul qilgan davlatga aylanadi. Lekin, buning amalga oshishi juda qiyin sababi Rafalega Hindiston, Indoneziya, BAA, Saudiya Arabistoni kabi bir qancha mamlaktlar buyurtma berib qoʻygan biz kamida 5-7 yil ichida bu samalyoʻtlarni olishimiz mumkin. Bu qiruvchi haqidagi batafsil maʼlumotni bu yerdan oʻqishingiz mumkun.

T-50 Golden Eagle

Oʻzbekiston 2005-yilda Janubiy Koreadan KAI T-50 samalyotlarini sotib olmoqchi boʻladi lekin AQSHning qarshiligi sabab bu reja amalga oshmaydi. Endi vaziyat oʻzgargan davr Korea ancha mustaqil ish yurutmoqda va katta ehtimol bilan sotadi. Bu samalyot oʻquv va yengil hujum qilish uchun ishlatiladi. Agar Rafale sotib olinishi rost boʻlsa Rafaledan oldin uchuvchilarimiz ushbu samalyoʻtlarda mashgʻulot oʻtashi ajoyib boʻladi.

K-9 Thunder

Ushbu artileriya tizimi oʻzyurar artileriyalar ichida eng yaxshilaridan biri yaqin vaqtlarda Oʻzbekiston va Qozogʻiston Koreadan K-9 tizimlarini olishi mumkunligi haqida gaplar tarqaldi. Tizim maksimal 60 km.gacha oʻq otish imkoniga ega. 1400 dan ortiq tizim shu paytgacha ishlab chiqarilib foydalanishga topshirilgan. Maksimal 67 km/h tezlik bilan. 360 km yoʻlni bosib oʻtishi mumkun. Har bir dona artileriya tizimi narxi kamida 3 mln. dollarga baxolanadi


Report Page