Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi PQ–151-sonli Qaroriga muvofiq sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosarlari tayinlandi. Qarorda shunday yozilgan:

Abdullo Ubaydulloyevich Aslonov Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etilsin;

Shaxrillo Sharipovich Maxmudov Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etilsin;

Murad Valijonovich Ismailov Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.Mirziyoyev.

Report Page