Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 19-sentyabr kuni BMT bosh Аssambleyasining 78-sessiyasida ikkinchi bor oʻzbek tilida nutq soʻzladilar va har bir koʻtarilgan global masalalar boʻyicha takliflar bildirdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 19-sentyabr kuni BMT bosh Аssambleyasining 78-sessiyasida ikkinchi bor oʻzbek tilida nutq soʻzladilar va har bir koʻtarilgan global masalalar boʻyicha takliflar bildirdilar.


Maʼlumki, shu yil 11-sentyabr kuni Prezident Farmoni bilan “Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda oʼz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʼyicha qaror qabul qilindi.

   “Oʼzbekiston — 2030” strategiyasida beshta ustuvor yoʼnalish boʼyicha 100 ta maqsad oʼz aksini topgan. Xususan, har bir insonga oʼz salohiyatini roʼyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, barqaror iqtisodiy oʼsish orqali aholi farovonligini taʼminlash, suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini barpo etish, “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish strategiyaning asosiy gʼoyasi sifatida oʻz ifodasini topdi va aynan strategiyada belgilangan maqsadlar sessiyada yana bir bor yangradi.

Bunday yondashuv 2030-yilgacha belgilab olingan maqsadlarning muhim jihatini yana bir bora asosladi.  Sessiyada Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotidagi oʻrnini mustahkamlash masalasi oʻta dolzarbdir.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʼzbekistonda pragmatik va chuqur oʼylangan tashqi siyosat olib borilar ekan, Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar bilan yaxshi qoʼshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini kuchaytirish bundan buyon ham asosiy maqsad ekanligini taʼkidladilar.

Аfgʼonistonda tinch va osoyishta hayotni tiklash, bu mamlakatda iqtisodiy va gumanitar inqirozga yoʼl qoʼymaslik doimiy eʼtibordagi masalalardan boʼlishi, shubhasiz. 

 Maʼlumki, Oʻzbekiston anklab davlat hisoblanadi.

Shu bilan birga, tashqi savdoni rivojlantirishda suv transporti yoʻllari bizga arzon tushadi. Buning uchun, albatta, dengiz portiga chiqishdagi imkoniyatlarni kengaytirish uchun ham qoʻshnichilik munosabatlarini yanada yaxshilash zarur.

 Prezidentimiz ilgari surayotgan tashabbuslar esa Аfgʼonistonda bir necha minglab ish oʼrinlari ochilishiga, uning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hal qilinishiga, eng muhimi, buyuk sivilizatsiyalarga guvoh bu zaminda uzoq kutilgan tinchlik oʼrnatilishi garovi boʼladi, desak, mubolagʼa emas.

 Markaziy Osiyoda mustahkam taraqqiyot, barqarorlik va farovonlikni taʼminlash masalalari, Oʻzbekistonning strategik maqsadlarining asosiy mazmuni ekanligini koʻrsatadi.

 Strategiyada Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasini 2027-yilda 2022-yilga nisbatan 2 barobarga kamaytirish, eksportni 2 barobarga oshirish, sanoat mahsuloti ishlab chiqarishni 35 foizga oshirish, insonlarning munosib hayot darajasini taʼminlashda asos boʻladigan taʼlimni rivojlantirish masalalari maqsad etib belgilangan.

 Har bir insonga munosib turmush sharoiti, albatta, barqaror iqtisodiy oʻsishga erishishimiz orqali amalga oshadi.

Iqtisodiyot rivojlanishi uchun yurtda tinchlik, mehnat bozorida sifatli kadr zarur.

Biz shu vazifani sidqidildan va vijdonan bajarsak, albatta, PREZIDENTIMIZGА qanot boʻlamiz va bu maqsadlarga erishamiz.

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Murodova Nodira Qulliyevna

Report Page