“Oʻrdakcha sindromi”

“Oʻrdakcha sindromi”

@Psixodiagnostika (Azamat Baxriddinov)

Nima uchun nomi “Oʻrdakcha sindromi”? Oʻrdak polaponi tugʻilishi yaʼni tuxumdan chiqishi bilan koʻziga koʻringan narsani oʻzini onasi deb biladi xoh u jonsiz predmet boʻlsin. Buni fanda imprinting deyiladi.

O’rdak bolalariga it onalik qilmoqda.

Oʻrdakcha sindromi xuddi rigidlikni (tafakkurning qotib qolganligi) xususiyatlariga oʻxshash boʻladi. Yangilikni qabul qilgisi kelmaydi, oʻzining birinchi tajribalarini, bilimlarini haq deb biladi.

Yana ham osonroq boʻlishi uchun MICROSOFT OFFICE dasturi misolida tushuntirib beraman. 2011 yil OTM psixologiya yoʻnalishiga qabul qilindim. Oʻsha vaqtda barchaning kompyuterida OFFICE 2010 oʻrnatilgan edi. Baʼzi bir ustozlarimni kompyuterlarida esa hali ham eski OFFICE 2003 dasturi boʻlardi. 2013 yil Office 2013 urfga kirdi. Ustozlarimda esa hali ham 2003 yil versiya. Aytmoqchi boʻlganim tafakkur egiluvchanligi yoʻqolishi sababli ustozlarim oʻzlarining birinchi koʻrgan va oʻrgangan dasturlarini eng zoʻr deb bilishar edi. Hozir ham 2021 yilda 2003 yil versiyasini ishlatadiganlar bor.

Microsoft office ning barcha versiyalari

Nega ustozlarim 2003 versiyadan voz kechgilari kelmaydi? Chunki ularni "ko'z ochib ko'rganlari" shu, Office 2003 ga imprinting qilishgandi. Yangisi ishlatgilari kelmasdi, o'zlari yangilikni o'rganishni yoqtirmasdilar.

Yuqoridagiga oʻxshash holatlarni koʻp sohalarda koʻrishimiz mumkin. Misol uchun siyosiy amaldorlar orasida ham keng tarqalgan. Ular oʻzlarining eski dasturlarini oʻzgartirishni xohlashmaydi. Oʻz dasturlarini eng zoʻri va foydalisi deb bilishadi. Atrofdagilarni takliflarini esa qabul qilishni istashmaydi ham. “Yoʻq bu xato, hozirgi davrga toʻgʻri kelmaydi, oʻzgartirish kerak, bu muammoni hal qilmaydi” desangiz ham ularga kor qilmaydi. Oʻzlarini haq deb bilishadi.

Hisoblash uchun eski uskuna. (Счёты).

Oʻrdakcha sindromini yana bir jihati taqqoslashni patologik darajada yaxshi koʻrishadi. Nimani ili kimni boʻlsa ham oʻzlarini tajribalari, bolaliklari bilan solishtirishadi va tanqidiy fikr bilan munosabat bildirishadi.

@Psixodiagnostika

Yangilikni qabul qilish, oʻzgarish “yanglishgan oʻrdaklarga” judayam qiyin. Ulardagi yanglish bilim, tajriba, andozani oʻzgartiraman deb ovora boʻlmang. Chunki ularni bilish jarayonlari chegaralangan.

Xullas shunaqa gaplar.

®️ Psixologiya


Bizni ushbu kanal @Psixodiagnostika orqali kuzatib boring...




Report Page