Nuroniylar harbiy qism mehmoni

Nuroniylar harbiy qism mehmoni

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

“Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” gʻoyasi ostida Markaziy harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qismlarda “Keksalar haftaligi” keng o’tkazilmoqda.

Shu jumladan, Samarqand garnizonidagi harbiy qismga faxriylar kengashi raisi, “Nuroniylar jamiyati” a’zolari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar harbiy qismdagi yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. So’ngra Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi ajdodlarimiz tarixiga oid tematik sinfxonalarida mutaxassislar tomonidan keraklicha ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

Bir sо‘z bilan aytganda, mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlarning munosib hayot kechirishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda, olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar zamirida, avvalo, jamiyatimizni yanada erkinlashtirish, hayotimizni bundanda obod va farovon qilish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash singari ezgu maqsadlar mujassamdir. Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashda, Vatanimizning iqtisodiy salohiyati yuksalishida yoshi ulug‘ insonlarning о‘rni beqiyosdir.

 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

 


 




Report Page