Nurobodda seminar tashkil etildi

Nurobodda seminar tashkil etildi


Nurobod tumanida tuman hokimligi va viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur seminardan koʻzlangan asosiy maqsad, lalmi yer maydonlaridan unumli foydalanish, noʻxat, mosh, kunjut mahsulotlarining tan narxining oshib ketmasligiga yoʻl qoʻymaslik hamda lalmi maydonlarda yetishtirilgan mahsulotlarni eskportga chiqarishdir.

Seminarda noʻxat mahsulotlarining tan narxining oshib ketayotganligi, shu sababli fermer xoʻjaliklarida noʻxat, mosh va kunjut ekinlarini ekishni kengaytirish, urugʻlik mahsulotlarning sifatli boʻlishi, yangi navlarni ekib koʻrish orqali xosildorlikni oshirish bilan bogʻliq masalalar, ekish, yetishtirish, yigʻishtirib olish, eksportbop ekinlarni yetishtirishda begona oʻtlarga qarshi kurashilganda hosildorlikning koʻpayishiga asos boʻlishi, tomchilatib sugʻorish tizimiga eʼtibor qaratish, suvni iqtisod qilish, yaxshi sifatli eskportbop mahsulotlarni yetishtirishda, yetishtirish texnologiyasining yangi bosqichlarini sinab koʻrish asosida yetishtirish, fermerlar bilan kooperatsiya tamoyili asosida ish yuritish tizimini yoʻlga qoʻyish kabi masalalar muhokama qilindi, hamda, davrada ishtirok etayotgan fermerlarning bu boradagi taklif va mulohazalari tinglandi

❗️Tumanda lalmi yerga 2 ming gektar maydonga noʻxat ekilgan.Gʻalladan boʻshagan yer maydonlariga 2 ming gektar maydonga mosh ekinlarini ekish rejalashtirilmoqda. Yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlariga mosh va 500 gektarga kunjut ekinlari ekilmoqda.

❗️Oʻtgan yili tuman tomonidan 16 mlyard dollar investitsiya kiritilgan. Birinchi chorak davomida 2 mln dollar investitsiya kiritilgan. Mavsum davomida esa 50 mlyard dollar investitsiya kiritilishi rejalashtrilmoqda.



Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Report Page