Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Yoshlar va qonun” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Yoshlar va qonun” respublika tanlovining viloyat bosqichida tuman (shahar) bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 22 ta jamoadan iborat 300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Tanlovning asosiy maqsadi mamlakatda olib borilayotgan sud-huquq tizimidagi shaffoflikda yoshlarning o‘rni va sohada tashabbuslar maydonini yaratish, shuningdek, taʼlim muassasalari hamda mahalla yoshlarining huquqiy bilimlarini rivojlantirishdan iborat.
Yakuniy natijalarga ko’ra, (14-18) yosh toifasida:
1-o‘rin Angren shahrining “Do‘stlik” mahallasi yoshlari;
2-o‘rin Bekobod tumanining “Hos” mahallasi yoshlari;
3-o‘rinni Oqqo‘rg‘on tumanining Hamid Olimjon mahallasi yoshlari egalladi.
Shuningdek, (18-30) yosh toifasida:
1-o‘rin Bekobod tumanining “Hos” mahallasi yoshlari;
2-o‘rin Oqqo‘rg‘on tumanining Hamid Olimjon mahallasi yoshlari;
3-o‘ringa Bo‘ka tumanining “Bo‘ston” mahallasi yoshlari munosib ko’rildi.