Nurafshon shahri, Ohangaron va Chinoz tumanlarida “tezkor tadbir” oʻtkazildi

Nurafshon shahri, Ohangaron va Chinoz tumanlarida “tezkor tadbir” oʻtkazildi

IIBB Axborot xizmati

“Xavfsiz hudud” keng qamrovli, tezkor-profilaktik tadbiri davomida yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shugʻullanib kelgan bir guruh shaxslar qoʻlga olindi.

IIBB Axborot xizmati

Xususan, Toshkent viloyat IIBB, Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Nurafshon shahri, Ohangaron va Chinoz tumanlarida oʻtkazgan “tezkor tadbir” davomida, yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan 27 nafar shaxslar aniqlanib ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, viloyat IIBB hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli, tezkor profilaktik tadbirlari oʻtkazilayotgani va uning natijalari eʼlon qilib borilishi haqida xabar berilgan edi.

IIBB Axborot xizmati



Report Page