Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan joylar (2023-yil 10-oktabr)

Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan joylar (2023-yil 10-oktabr)

Bilimni baholash agentligi

2023-yil 10-oktabr kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha 6 ta hududda quyidagi vaqtlarda o‘tkaziladi:


Toshkent shahri:

  • Doimiy yashash hududi: Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 08:30
  • Joy nomi: Toshkent shahridagi “Alfraganus University” nodavlat oliy ta’lim tashkilotining imtihonlar zali.
  • Manzili: Yunusobod tumani Tiklanish MFY Yuqori Qoraqamish ko‘chasi 2-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/T8jNYYq1nSMBsbPp6.


Namangan viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Andijon va Namangan viloyati.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 09:30
  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.
  • Manzili: Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi Tadbirkor MFY Yoshlik ko‘chasi.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA.


Farg‘ona viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Farg‘ona viloyati.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 09:00
  • Joy nomi: Farg‘ona politexnika institutining Axborot resurs markazi.
  • Manzili: Farg‘ona shahri Farg‘ona ko‘chasi 86-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/Tn8fQpe4Zxqp8H8c8.


Xorazm viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 08:30
  • Joy nomi: Urganch davlat universitetining Tarix fakulteti.
  • Manzili: Urganch shahri Hamid Olimjon ko‘chasi 14-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/9Dkpkh16G42npyxk9.


Buxoro viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Samarqand viloyati.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 09:00
  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.
  • Manzil: Buxoro tumani Bog‘idasht MFY.
  • Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/rEyCwopqBCoTbCEV9.


Surxondaryo viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Surxondaryo viloyati.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 09:30
  • Joy nomi: Termiz davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakulteti (yangi 7 qavatli bino).
  • Manzili: Termiz shahri Barkamol Avlod ko‘chasi 43-uy.
  • Mo‘ljal: viloyat Xalq banki.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/eSGuAUo779YJDGvn6.


Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan quyidagi havolada tanishish mumkin: https://t.me/NostrifikatsiyaBBA/26.

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.


Bilimni baholash agentligi:
Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Report Page