Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan joylar (2024-yil 5-fevral)

Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan joylar (2024-yil 5-fevral)

Bilimni baholash agentligi

2024-yil 5-fevral kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha 7 ta hududda quyidagi vaqtlarda o‘tkaziladi:


Toshkent shahri:

  • Doimiy yashash hududi: Sirdaryo va Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 1-smena – 09:00, 2-smena – 11:00, 3-smena – 15:00.
  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosi.
  • Manzil: Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/683ZeGsJpZAeKNx98.


Namangan viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 1-smena – 09:00, 2-smena – 11:00.
  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.
  • Manzil: Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi Tadbirkor MFY Yoshlik ko‘chasi.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA.


Buxoro viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 1-smena – 09:00.
  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.
  • Manzil: Buxoro tumani Bog‘idasht MFY.
  • Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/rEyCwopqBCoTbCEV9.


Surxondaryo viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Surxondaryo viloyati.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 1-smena – 09:00, 2-smena – 11:00.
  • Joy nomi: Termiz davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakulteti (yangi 7 qavatli bino).
  • Manzil: Termiz shahri Barkamol Avlod ko‘chasi 43-uy.
  • Mo‘ljal: viloyat Xalq banki.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/eSGuAUo779YJDGvn6.


Samarqand viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Samarqand va Jizzax viloyatlari.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 1-smena – 09:00.
  • Joy nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali binosi.
  • Manzil: Samarqand shahri Ibn Sino ko‘chasi 2-uy.
  • Mo‘ljal: Geofizika qo‘rg‘oni.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/PttcAv7QbH2GaPrQA.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi:

  • Doimiy yashash hududi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 1-smena – 09:00.
  • Joy nomi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot texnologiyalari texnikumi.
  • Manzil: Nukus shahri To‘rtko‘l guzari ko‘chasi.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/ekLNP78CMzyZDpZ9A.


Xorazm viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Xorazm viloyati.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 1-smena – 09:00.
  • Joy nomi: Urganch davlat universiteti ARM zali (oldingi Tarix fakulteti binosi).
  • Manzil: Urganch shahar Hamid Olimjon ko‘chasi 14-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/uxqS29eXvHVovzUH7.


Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan quyidagi havolada tanishish mumkin: https://t.me/BaholashUz/6335.

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.


Bilimni baholash agentligi:
Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube


Report Page