Noodatiy taom 😋
Noodatiy usulda bulg'or qalampiri
Bulg'or qalampiri 9ta (Yashil, qizil va sariq)
Farsh 500gr
Piyoz 1ta
Pomidor 1ta
Guruch 100gr
Bedana tuxum 9ta
Slayonniy testa 1ta
Ta'bga ko'ra ukrop yoki kinza
Ta'bga ko'ra tuz va aralash ziravor
Bulg'or qalampirlarimizni videoda ko'rsatilgandek tozalab olamiz. Guruchimizani qaynoq suvga solib, 15-20minut ivitib qo’yamiz.Piyozimizni blendr qivolamiz va pomidorlarimizni mayda kubik qilib to'g'rab olamiz. Ukrop yoki kinzani ham mayda qilib to'g'rab olamiz.Bedana tuxumimizni qaynatib pishirib olamiz. Bitta idishimizga farsh, piyoz, ivigan guruch, pomidor, ukrop, ta'bga ko'ra tuz va aralash ziravor solib, aralashtirib, videoda ko'rsatilgandek bulg'or qalampirlarimizni ichiga bedana tuxum va nachinkalarni solib chiqamiz. Slayonniy testamizni to'rtburchak shaklda kesib, yoyvolib, videoda ko'rsatilgandek bulg'or qalampirimizga o'rab chiqamiz va ustiga tuxum sarig'i surib, kunjut sepib, 160 ° gradusda 35-40minut pishirvolamiz.Xohishga ko'ra dekor qilib, dasturxonga tortamiz.🤤Albatta tayyorlab ko'rila🥰Yoqimli ishtaha💖
Vkusno_by_seva sahifasidan olindi