Nomzodlar uchun talablar:
✅ 40 yoshgacha;
✅ sudlanmagan;
✅ tibbiyot kollejini tamomlagan (faqat 3 yillik diplom yoki OMX-hamshiralik, davolash ishi);
✅ Farg'ona va Toshkent shaharlarida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida B1 sertifikati uchun o'qitiladi (dasturda suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar ishtirok etadi);
✅ Ish tajribasi muhim emas.
✅ Nemis tilidan B1 sertifikati yetarli (ECL; Goethe; ÖSD; TELC).
❌(stomatologiya, oʻqituvchilik, dorishunoslik, administrator va lor sohasida shugʻullangan nomzodlar qabul qilinmaydi).
Afzalliklar:
📚 Farg'ona va Toshkent shahrida intensiv kurslar va yuqori malakali nemis tili oʻqituvchisi;
✅ oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
🛫 Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
💶 mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 450 € dan 3000€ gacha, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.
🏥 Haftasiga 40 soat ish.
Ro'yxatdan o'tish uchun zarur bo'lgan hujjatlar:
📍Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pdf shaklda);
📍Nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (agar mavjud bo'lsa, pdf shaklda);
📍Tarjimai hol (nemis, rus, ingliz yoki o'zbek tilida);
📍Tibbiyot kolleji yoki tibbiyot texnikumini tamomlaganlik haqida diplom (faqat 3 yillik diplom yoki OMX), (pdf shaklda).
Eslatma: Nemis tili faqat belgilangan markazlarda pullik o'qitiladi. B1 sertifikatini muvaffaqiyatli olib, vizasini qo'lga kiritgan dastur ishtirokchilariga til o'rganishga sarflagan xarajatlari 50 % qoplab beriladi.