Nomsiz qamishzorga aylanayotgan qabiriston 

Nomsiz qamishzorga aylanayotgan qabiriston 

VOBKENT.UZ

Ota-onang, qarindosh qayon ketdi fikr qil – to‘rt oyoqli cho‘pin ot bir kun senga yetaro

Xalqimizda “O‘tganlarning ruhini shod etay desang maskanini obod qil”- degan maqol bor. Yaqinda, tumandagi "O‘zbakon" MFyga qarashli yo‘l bo‘yida joylashgan qabiriston oldidan o‘tib qoldik. Qabiristonga kirib borar ekanmiz, mangu oromgohda yotgan marhumlarni qabrlarini qamishzor ichiga qolib ketganini ko‘rib achinib ketadi kishi. Nahotki bu nomsiz qabiristonning qabrlarida yotgan insonlarni oila a'zolari shunchalik tosh yurak bo‘lsa!

Axir, ular ham bizlardek yashagan, turli amallarni ado etgan. Bu har bir insonni shubhasiz, tafakkurga, mulohazaga undaydi. Shu bois ham, qabristonga qadam ranjida qilganimizda ruhimizda, jismimizda o‘zgacha tuyg‘ular jo‘sh urdi. Go‘yoki bu qabrda qo‘nim topganlar bizga bizni qamishzordan qutqaringlar!  - degandek ovoz keldi. Bu joy yaqin orada tozalanmagan. Qamishlar qabrlar atrofini o‘rab olishganidan, qabrlar ko‘rinmay qolgan. Axir tumanimizda qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan loyihalarning o‘tkazilayotgani yurtimizda inson oliy qadriyat, xotirasi tabarruk ekanini nega hali-hanuzga qadar mutasaddi mahalla va tashkilotlar rahbarlari sezishmasa. Axir, ushbu tadbirlar doirasida qabristonlar turli chiqindilardan tozalanib, atrofi devorlar bilan o‘ralmoqda. Bunday ezgu yumushlar har birimizni hamjihatlikka, yurtimizda hukm surayotgan, eng katta boyligimiz bo‘lgan tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, millatlararo totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrashga chorlayotir. Qabriston – insonlarning bu dunyodagi eng so‘nggi manzili. Har birimiz shuncha ming-ming yillardan buyon rishtalari uzilmay davom etib kelayotgan qaysidir odamlarning zurriyotlarimiz. Kelajak avlod bizni yaxshilik bilan yodga olib turishi uchun ham biz o‘zimizdan oldin o‘tganlarni xotirlab turishimiz, shu an'anani farzandlarimizga qoldirib, ular ong-tafakkuriga singdirib ketishimiz zarur. Ana shu burch, ana shu zarurat, jumladan, har birimizdan qabristonlarimizga nihoyat darajada e’tiborli bo‘lishni taqozo etadi.

Har bir insonning jamiyatda o‘z o‘rni, mavqei, izzat-hurmati bo‘lgani kabi, u o‘tganidan keyin ham ortda qolganlar xotirasida shu izzat-hurmat saqlanishi kerak. Muqaddas dinimizda o‘tganlar qabrini ziyorat qilish ham eng katta savoblar qatoriga kiritilgan.

Azizlar, o‘tganlarimizni yodga olib, ularning ruhlarini shod etish ulug‘ savobli amallardandir. Zero marhumlarning hoki poklari qo‘nim topgan maskanlarni obod qilish va ularning haqlariga duolar qilish – barchamizning insoniy burchimizdir.


Vobkent tuman hokimligi axborot xizmati

Report Page