Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston xalq shoiriHabib Sa’dulla hayoti va ijodiga bag`ishlab“Yurtga sodiq, elga hamdard shoirni eslab”  nomli yodnoma kechasi

Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston xalq shoiriHabib Sa’dulla hayoti va ijodiga bag`ishlab“Yurtga sodiq, elga hamdard shoirni eslab”  nomli yodnoma kechasi


2024 yil 5 aprel kuni Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati axborot-kutubxona markazi “Nodirabegim” zalida O’lkashunoslik sektori tomonidan Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, davlat mukofoti sovrindori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, davlat va jamoat arbobi Habib Sa’dulla hayoti va ijodiga bag‘ishlab “Yurtga sodiq, elga hamdard shoirni eslab” nomli yodnoma kechasi bo‘lib o‘tdi.

Kechada O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi viloyat bo’limi rahbari Ziyoviddin Mansur, asarlari, dramalari bir necha yurtlarda sahnalashtirilib qo’yilayotgan dramaturg Nurillo Abbosxon, iqtidorli jurnalist, suxandon Komiljon Fayziyev, O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi viloyat bo’limi yetakchi mutaxassisi Ruqiya G’oziyevalar ishtirok etib, shoir Habib Sa’dullaning sermazmun hayoti va o’chmas ijodi haqida o’zlarining fikrlarini bildirib, shoir qalamiga mansub mashhur she’r va g’azallaridan namunalar keltirdilar.

 Tadbirga tashrif buyurgan ijodkor, san’at ahillaridan bo’lgan, chiroyli ovoz sohibi Tursunboy Parpiyev shoir Habib Sa’dullaning “Sensiz” nomli she’rini kuyga solib, kitobxonlarni xushnud etdi.

Kecha davomida O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi viloyat bo’limi rahbari Ziyoviddin Mansurov,yetakchi mutaxassisi Ruqiya G’oziyevalar shoir xotirasiga atab yozilgan o’z she’rlaridan o’qib, barchani mamnun etdilar.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Namangan shahar akademik litseyi 12-guruh o’quvchilari hamda adabiyot va san’atga qiziquvchi ko’plab kitobxonlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda 45 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etib,shoir hayoti va ijodiga oid o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.



 

 

 

Report Page