Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazi “Ko`rgazmalar”  zalida Yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi. Ilm –fan va madaniyat homiysi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Xalqim…

Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazi “Ko`rgazmalar”  zalida Yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi. Ilm –fan va madaniyat homiysi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Xalqim…

https://t.me/namanganakm

     Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazi “Ko`rgazmalar”  zalida 2024 yilning 5 aprel kuni soat 10-00da Yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi. Ilm –fan va madaniyat homiysi Amir Temur (1336-1405) tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Xalqimiz dahosi timsoli” mavzusida ko`rgazma oldida suhbat bo`lib o`tdi.

        Davra suhbatini “O`zbekiston” milliy adabiyotlar o`qish zali mutaxassisi M. Mamadjanova ochib berdi. U so`zida Amir Temur O`rta, Janubiy va G`arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoliya va Rus tarixida muhim o`rin tutgan O`rta Osiyolik turkey hukmdor, sarkarda va zobit. Sarkarda, poytaxti Samarqand bo`lgan Temuriylar saltanati asoschisi ekanligi Amir Temur tarix sahifalarida Aleksandr Makedonskiy, Dariy Perviy, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorda turishi bilan birga Amir Temur — insoniyat tarixidagi eng qat’iyatli shaxslardan biridir. Turli manbalarga tayangan holda, u haqidagi bilimlarimizda ham hukmdor, zobit, sarkarda, ham jangchi sifatida gavdalanadi deya e`tirof etdi.

      Ko`rgazma oldida o`tkazilgan suhbatda 15 nafar kitobxon ishtirok etdi. Ko`rgazmaga Ilm –fan va madaniyat homiysi Amir Temur hayoti va faoliyatini yoritib beruvchi 25 donadan ortiq manbaa qo`yildi. Tashkil etilgan ko`rgazmadan 30 nafardan ziyod o`quvchi foydalandi.

Report Page