Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot – kutubxona markazida o`zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy  tavalludining 130 yilligiga  bag`ishlab  o`tkazilgan “Moziyga qarab ish ko’rmoq xayrlidir” nomli davra suhbati

Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot – kutubxona markazida o`zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy  tavalludining 130 yilligiga  bag`ishlab  o`tkazilgan “Moziyga qarab ish ko’rmoq xayrlidir” nomli davra suhbati

Axboroti

    2024-yil 9-aprel kuni Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot – kutubxona markazining  “O’zbekiston” milliy adabiyotlar o’qish zalida Abdulla Qodiriy  tavalludining 130 yilligiga bag`ishlab “Moziyga qarab ish ko’rmoq xayrlidir” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. 

Davra suhbatini  Ma’naviy—ma’rifiy ishlar bo’yicha Yoshlar bilan ishlash sektori mudiri Akbaraliyeva Nasiba ochib berdi va  XX asr o‘zbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan  biri yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg, o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiga to`xtalib o`tdi.  U so`zida Abdulla Qodiriy  1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrining Eskijo‘va mahallasida tavallud topgani va  adib va shoir sifatida 1912-yillarda faoliyatini boshlaganligini e`tirof etib, “To‘y” “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi she’rlari “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi uning ilk asarlari ekanligini ta`kidladi.   Abdulla Qodiriyning qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” romani o‘zbek adabiyotining roman janridagi ilk asari ekanligi shu bilan yozuvchi o‘zbek romanchiligiga asos solganligi ham e`tiborga molik voqea ekanligiga urg`u berdi. 

     Davra suhbatida Namangan Davlat Universiteti fililogiya fakulteti talabasi G`ofurov Adham, O`rinboyeva Zarifa, Adashova Marhabolar ham Abdulla Qodiriy ijodiga to`xtalib, adib qizg‘in yozuvchilik faoliyati bilan birga tarjima bilan ham shug‘ullanganligi, u 1928-yili tatar fizik olimi Abdulla Shunosiyning “Fizika”asarini, rus yozuvchisi Nikolay Gogolning “Uylanish”, Anton Chexovning “Olchazor” asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilganligi, Abdulla Qodiriy 1937-yilning 31-dekabrida “xalq dushmani” sifatida hibsga olinib, 1938-yilning 4-oktabrida yozuvchi 9 oylik xo‘rliklardan so‘ng Cho‘lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birgalikda otib tashlanganligiga to`xtalib o`tdilar. 

    Suhbat yakunida Ma’naviy—ma’rifiy ishlar bo’yicha Yoshlar bilan ishlash sektori mudiri Akbaraliyeva Nasibaxon ko`rgazmaga qo`yilgan adabiyotlar bilan kitobxonlarni tanishtirib o`tdi.

  Davra suhbatida 20 nafar kitobxon ishtirok etdi.





Report Page