No Rules Rules kitobi haqida
— Zenger Folkman o'tkazgan tadqiqotga ko'ra: "92% inson: o'rinli tanqid yordam beradi".
— Xodimlarga nima qilayotgani va nima qilishi kerakligini doimo ko'rsatib turing.
— "Maqtovni hammani oldida qil. Tanqidni esa yuzma-yuz"
— Tanqid qilayotganda: yordam berishni maqsad qiling, aniq ko'rsatmalar bering.
— Tanqid qabul qilayotganda: minnatdor bo'ling, qabul qiling yoki rad qiling.
— "Biz hammamiz aqldan ozgandek ishlar edik. Lekin shunday bo'lsa ham, har birimiz qilayotgan ishimizning haqiqiy muxlisi edik"
— "Yaponlar dunyodagi eng mehnatkash xalq. Ular yilida o'rtacha 7 kun dam olishadi. 17% xodimlar mehnat ta'tili chiqmaydi"
— Reglament va qoidalarni bekor qilganingizda xodimlar nima qilishni bilmay qolishadi. Qoidalar shunchaki bekor qilinmaydi.
— Hayot har qanday yo'riqnomadan o'zgacharoqdir.
— Qattiq reglamentlar ekonom qilishga yordam bermaydi.
— Mukofot pullari effektivlikka salbiy ta'sir o'tkazadi. Bonus puli ishlashga turtki bo'lmaydi: ishni qila olmaydigan odamni pul harakatga sola olmaydi. Ishini yaxshi ko'radigan professional pul uchun ishini yaxshiroq qilmaydi.
— Tadqiqotga ko'ra eng kam, o'rtacha va eng yuqori bonus puli taklif qilinib topshiriq berilgan. Eng yomon ko'rsatkich eng katta bonus taklif qilingan jamoada bo'lgan. Eng kam va o'rtacha bonus taklif qilingan jamoada farq katta bo'lmagan.
— "Innovatsiyalar xohlasangiz ko'proq oklad bering, bonus emas", — Reed H.
— Lavozimlarni "operatsion" va "kreativ"ga bo'ling va "kreativ"larga ko'proq pul bering.
— Netflixdan oldingi ish joyidagi holat haqida bir xodim: "Men rahbariyatning oyna ortida nimalarnidir qattiq muhokama qilib talashayotganini ko'rar edim. Menga bu juda qiziq edi. Lekin hech qachon ular nima haqida gaplashayotganini bilmaganman. Sendan nimanidir yashirayotganini sezayotganing kishiga qanday ishonish mumkin?"
— Xodimlar kompaniyadagi moliyaviy holatlarni ochiq bilishi kerak. Har bir kishi o'zining ishiga doir moliyaviy masalalarni to'liq bilishi kerak.
— Xodimlar o'zi mustaqil qaror chiqarsa, kompaniya tezroq o'sadi va yangilanadi.
— "Netflixda qog'ozga imzo qo'ydirish uchun boshliqqa yugurilmaydi. Siz kapitan bo'lsangiz, unda shturvalni o'zingiz ushlang. Dokumentga o'zingiz imzo qo'ying va mas'uliyatini oling."
— G'alaba haqida pichirlab, xatolar haqida baland ovozda gapiring.
— Jamoani o'stiring. Siz eng zo'r odamlarni olasiz, ular eng zo'r odamlarni oladi. Hamma zo'r bo'lishi kerak.
— "Qobiliyatingizni 100% ko'rsata oladigan joyda ishlang, u shunaqa joy bo'lsinki u yerda sizdan boshqa odam shu ishni sizdan yaxshi qila olmasin"
— "Agar har bir rahbar jamoasidagi har bir inson o'z vazifasiga mos yoki mos emasligi haqida qayg'ursa va doimiy shuning ustida ishlasa, effektivlik misli ko'rilmagan darajada ko'tarilib ketadi."
— Rahbarning muhim vazifasi — xodim ishini zo'r qila olishi uchun unga barcha ma'lumotni taqdim qilish.
— Professional xodimlar bilan ishlayotganda ularga mohiyatni tushuntiring. Qadamma-qadam instruksiya bermang.
— Xodimingiz xato qilsa, darhol uni ayblamang. Hammasidan oldin o'zingizdan so'rang — men unga vazifa berishda nima xato qildim?
— Biz yakuniy natijani ko'rsatishga tayyor emasmiz degani, aslida, biz hali hech nima qilmadik, deganidir))
— Gapirishdan oldin, eshiting. O'rgatishdan oldin, o'rganing.
— Agar xatolar jiddiy muammolarni keltirib chiqaradigan bo'lsa, unda albatta yo'riqnoma va reglamentlar bo'lishi shart.
— Kompaniyada madaniyat bir marta va abadiyga qurilmaydi. Bu o'zgarib turadi.
Kitobdan juda ko'p yaxshi insaytlar oldim. Xodimlarga juda ham ko'p erkinliklar berilgan ekan deb o'ylab qolgan bo'lishingiz mumkin, ha shunaqa, lekin mas'uliyatli va professionallarga. Netflixda xodimlar har doim qo'rquvda turishadi, meni ishdan bo'shatishmasin deb. Hattoki xodimlar tomonidan rahbariga maxsus savol berib buni aniqlab olish madaniyati ham shakllangan. Umuman olganda kitobni o'qishni tavsiya qilaman)
Sizga qaysi insaytlar yoqdi?)
Maqola tahrirlanmagan.