No Meta

No Meta


Siz: Salom
Suhbatdoshingiz: Salom
Siz: Yaxshimisiz. Uzr man bezovta qildim. Vaqtingiz bormi?
Suhbatdoshingiz: Ha. Nima muammo?
Siz: Bir savol bor edi.
Suhbatdoshingiz: Bering.
....
Yo'q. Suhbat ba'zida shunaqa yoki umuman boshqacha bo'lishi mumkin. Boshqa varianti sizga javob bermasliklari mumkin. Chunki, siz shunchaki salom bergansiz. Biror muammoyingiz yoki savolingiz borligini boshidan aytmagansiz. Vaqti bo'lmagan odam sizga javob bermaslikni afzal biladi. Ba'zilar savol berishingizni kutadi javob yozmasdan. Yoki salom bergach biror vaqtdan keyin salom berib javob qaytaradi. Keyin vaqtingiz bormi deb yozasiz. U esa yana qachondir javob yozadi. Bu ancha cho'zilishga olib keladi.
Suhbatni boshlashning to'g'ri varianti:
Siz: Salom. Men falon ishda bu joyini bunaqa qildim. Lekin bunaqa holat kuzatilyapti. Shuni qanday to'g'rilasa bo'ladi?
Suhatdoshingiz: Salom. Siz quyidagi narsalarni qiling.

Tamom. Ish bitdi.

Savolingiz yoki biror gapingizni iloji boricha bitta xabarga joylashga harakat qiling. Shunda ikkala taraf ham birdek vaqtdan yutadi va ishi tezda bitadi.

Report Page